Korrupsiya qançalik jirkanç, mamalakat taraqqiyotiga töğanoq böluvçi eng kuçli illat ekanligi aksariyatga ma'lum. Ana şu illatga qarşi kuraşda jurnalistlarning vazifasi nimalardan iborat, örni qanday? Ommaviy axborot vositalari bu yönalişda nimalar qila olişi mumkin?

Avvalo şuni ta'kidlaş lozimki, dunyoning barça mamlakatlarida u yoki bu tarzda korrupsiya namoyon bölmoqda. Halqaro valyuta jamğarmasining taqsimlovçi direktori Kristin Lagardning ma'lum qilişiça, har yilgi poralar qiymati 2 trln dollargaça. Ya'ni bu miqdor dunyo yalpi içki mahsulotining 2 foizini taşkil qiladi. Korrupsiyalaşgan sohalar qatorida birinçi navbatda davlat xaridlari, quriliş, jumladan, yöl qurilişi, soğliqni saqlaş va ta'lim sohalari tilga olinmoqda.

Kuzatuvçilar korrupsiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy zarari haqida söz yuritişadi. Uşbu illat jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kuçaytirişi, iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanişiga tösqinlik qilişidan taşqari, aholining hokimiyatga, adolatga bölgan işonçini söndiradi. Fuqarolar orasida befarqlik, loqaydlik kuçayişiga olib keladi.

Jamiyatimizda közga taşlanadigan turli illatlar, jumladan, korrupsiya haqida söz ketganda, ayrimlar «ahvolni yaxşilaş uçun 50 hatto 100 yil kerak, bir neçta avlod almaşişi lozim» degan fikrlarni örtaga taşlaşadi. Ammo ayrim davlatlar tajribasi bu muammoni nisbatan qisqa davr içida yengiş, tölaligiça bölmasa ham, keskin kamaytiriş mumkinligini körsatmoqda. Buni Singapur, Indoneziya, Bolgariya, Polşa kabi qator davlatlar misolida köriş mumkin.

Korrupsiyaga qarşi kuraşda nafaqat davlat organlari, balki fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamkorlikda harakat qilişlari qançalik muhimligini halqaro tajriba körsatib turibdi. Bejiz respublikamizda joriy yilning boşida kuçga kirgan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Qonunda «Ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarşi kuraşişda iştirok etişi» degan alohida modda kiritilmagan.

Afsuski, hanuzgaça bizning OAV faqat MXX va IIV tomonidan aniqlangan korruptsion holatlar haqida habar tarqatiş bilan çeklanib qolmoqda. Korrupsiyaga qarşi kuraş vositalari sifatida xorijlik kasbdoşlarimiz jurnalist tekşiruvi olib borişadi, davlat organlari tarqatgan ma'lumotlarni, amaldorlarning çiqişlarini tahlil qilişadi, ularning iş haqi va boşqa daromadlari töğrisida aholini xabardor qilib turişadi.

Bizda bu borada yuzaga kelgan vaziyatning asosiy sababi - jurnalistning özini himoyasiz hisoblaşida desak, xato bölmaydi. Korrupsiyaga daxldor holatlarni oçib beriş uçun jurnalist tekşiruvi olib borişning özi bir maşaqqat. Gohida oddiy axborotni qölga kiritiş muammo bölib turgan paytda, poraxörlik, mansab vazifasini suiiste'mol qilganlik, yuqori vazifalarga tayinlaşdagi oşna-oğaynigarçilik kabilar töğrisida ma'lumot olişning özi böladimi?!