Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida işlagan Saidahmad Sultonovga nisbatan sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Hukmda keltirilişiça, Saidahmad Sultonov tender savdolari ötkazilmagan va loyiha-smeta hujjatlari rasmiylaştirilmagan holda viloyat hududidagi bir neçta içki yöllarni quriş işlarini oğzaki körsatmalar bilan “Namangan quriliş dizayn savdo” MÇJga topşirgan. Bu orqali MÇJ rahbari va boşqalar bilan oldindan til biriktirib, budjet mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilinişiga sababçi bölgan.

Jumladan, jinoiy şeriklar tomonidan 4 ta holatda bajarilmagan işlarni qöşib yoziş orqali qariyb 15,5 mlrd söm miqdordagi budjet mablağlari özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilingan. Saidahmad Sultonov mazkur törtta holatda yöl quriliş obektlarini heç qanday tegişli hujjatlarsiz “Namangan quriliş dizayn savdo” MÇJga topşirib, öz vaqtida moliyalaştirilişiga yordam bergan. U uşbu “xizmati” uçun MÇJ rahbaridan 2021 yil dekabr oyida 10 ming dollar, 2022 yil noyabr oyida 20 ming dollar, 2023 yil mart oyida 20 ming dollar pulni uluş sifatida olgan.

Bundan taşqari, Saidahmad Sultonov öziga Namangan viloyati hokimligi balansidagi Captiva maşinasi biriktirilgan bölsa-da, 2020 yil iyul oyidan 2023 yil dekabr oyiga qadar Namangan viloyat quriliş va uy-joy kommunal boşqarmasi balansidagi Hyundai Tucson maşinasidan xizmat va şaxsiy maqsadlarda foydalanib kelgan. Bu davrda u 13 359 litr benzin sarflab, davlat va jamiyat manfaatlariga 128 mln sömdan ortiq zarar yetkazgan.

Saidahmad Sultonovning qilmişlari orasida tadbirkorlardan “Navbahor” futbol klubiga homiylik uçun pul olib, öz şaxsiy manfaatlariga işlatib yuboriş holatlari ham uçraydi. Jumladan, u 2023 yil avgust oyida göyoki «Navbahor» futbol klubiga homiylik qiliş maqsadida «Suv ta’minoti va oqova suv obektlari qurilişi böyiça injiniring kompaniyasi» UK Namangan viloyat hududiy boşqarmasi boşliğiga «Stroy melio montaj» va «Nasos ta’mir» MÇJ rahbarlarining har biridan 15 ming dollardan jami 30 ming dollar olib beriş yuzasidan topşiriq bergan. Söngra uşbu pullarni olib, futbol klubiga bermasdan, şaxsiy işlariga sarflab yuborgan.

Şuningdek, Saidahmad Sultonov 2018 yil 26 noyabr kunidan 2020 yil 20 oktyabr kuniga qadar Namangan viloyat quriliş boş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab, juda köp miqdordagi budjet mablağlarini rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qilgani ham aniqlangan.

Saidahmad Sultonov sud hukmi bilan Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a” bandi (juda köp miqdorda özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 168-moddasi 4-qismining “a” bandi (juda köp miqdorda firibgarlik), 205-moddasi 2-qismining “a” bandida (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga davlat iştirokidagi taşkilotlarda, şu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.