O‘zbekiston | 09:46 / 23.08.2024
6991
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi

2024 yil 7 oyi mobaynida 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganligi yuzasidan 185 ta jinoyat ishi tergov qilingan.

Foto: Bosh prokuratura

22 avgust kuni Toshkent shahar korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosarining poytaxtda mansabdorlik va korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurash borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari haqidagi hisoboti tinglandi. 

Xususan, poytaxt prokuraturasi organlarida 2024 yil 7 oyi mobaynida 217 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganligi yuzasidan 185 ta jinoyat ishi tergov qilingan.

Ular asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, moliya, soliq, energetika, bank, hokimlik xodimlari, kadastr xizmati va ekologiya idoralarning mas’ul hamda mansabdor shaxslari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Korrupsiya holatlarini fosh etish va aybdor shaxslarga jazo muqarrarligini ta’minlash borasida, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 81 ta tezkor tadbirlar o‘tkazilib, barchasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Hisobot yakunida quyidagi masalalar bo‘yicha kengash qarori qabul qilinishi taklif etildi:

- poytaxtda tegishli idora hamda tashkilot mansabdor va mas’ul shaxslari tomonidan sodir etilayotgan mansabdorlik, shu jumladan korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashda “qonun ustuvor - jazo muqarrar” tamoyiliga qat’iy rioya qilinishi;
- korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bilan birga, ularni oldini olishga alohida e’tibor berib, targ‘ibot tadbirlarini jadallashtirish; 
-  ommaviy axborot vositalari, ayniqsa, televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurash, jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni keng yoritish;  
- korrupsiyaviy jinoyatlarga oid ishlar sudda ko‘rilishida qonuniy, adolatli jazo tayinlanishida sudlarga ko‘maklashish.

Mavzuga oid