Hattoki maktab öquvçisi ham bir vaqtning özida sut va seld baliğini iste'mol qiliş kutilmagan effekt berişi mumkin ekanini yaxşi biladi. Biroq, bu juftlikdan boşqa ham qator mahsulotlar borki, ular bir-biri bilan unçalik “çiqişmaydi”. Agarda, ular birgalikda iste'mol qilinsa, ovqatni xazm qiliş tizimidagi tabiiy jarayonlarni buzişi va insonlarning özlarini yomon his qilişlariga olib kelişi mumkin.
AdMe ovqatlaniş böyiça mutaxassislar tavsiyalarini jiddiy örganib çiqdi hamda birga iste'mol qilinmasligi lozim bölgan mahsulotlar nomini keltirdi.
Buterbrod + qahva

Vaqt yöqligida tez nonuşta qilib oliş, deganda, pişloqli buterbrod va qahva köz öngimizga keladi. Bunda pişloqning barça foydali xususiyatlari bir zumda yöqoladi. Nonda bölgan oddiy uglevodlar kalsiyning singişiga hamda asab va yurak-qon tomir tizimiga foyda keltirişiga xalaqit beradi. Eriydigan qahva qöşiladigan bölsa, bu jarayon umuman yöqqa çiqadi.
Maslahat: Agarda, bu “juftlik”dan butunlay voz keçiş muşkul bölsa, heç bölmasa qahvani kök çoyga almaştiriş kerak.
Pomidor + bodring

Pomidor va bodringdan tayyorlangan salat yozgi vaqtda ayniqsa juda ommabop va qariyb har bir stolda közga taşlanadi. Biroq sönggi tadqiqotlarning körsatişiça, bu sabzavotlarni aralaştiriş organizmdagi biokimyoviy reaksiyalarni buzadi. Ortiqça tuzlar, vaqt ötişi bilan şişganlik paydo böladi, foydali vitaminlar esa töla hajmda olinmaydi.
Maslahat: Mahsulotlarni alohida iste'mol qiliş kerak. Bugungi keçki ovqatingizda pomidor va kökatlardan tayyorlangan salat bölsa, ertaga bodringlardan foydalaning.
Kartoşka + göşt
















