Toşkent şahridagi Bolalar milliy tibbiyot markazida viloyat va tumanlardagi klinik şifoxonalarda davolanayotgan bemorlarga telemeditsina orqali onlayn maslahat beriş boşlandi.
Markazning ma’lum qilişiça, onlayn maslahat nafaqat Özbekiston hududidagi, balki qöşni davlatlardagi şifoxonalarda davolanayotgan bemorlar uçun ham berib boriladi.
Jumladan, 18 sentabr kuni Tojikiston poytaxti Duşanbe şahrida davolanayotgan 2 yoşli bemor böyiça onlayn maslahat berilgan. Markaz mutaxassislari mahalliy şifokorlar bilan bemorni konsilium qilib, uning laborator va instrumental tekşiruvlari hamda hozirgi holati va boşqa parametrlari bilan tanişgan.

Natijada bemor qarindoşlari taşabbusi bilan Bolalalar milliy tibbiyot markaziga qayta tekşiriş va davolaniş uçun keladigan bölgan.
Şuningdek, Xorazm va Samarqand viloyatidagi markaz filialida davolanayotgan oğir ahvoldagi bemorlarga telemeditsina orqali onlayn maslahat berilib, konsilium qilingan va keyingi tekşiriş hamda davolaş çoralari kelişib olingan.







