22:15 / 26.09.2017
9029

Bill Geyts Android-smartfondan foydalanishga o‘tdi

Foto:RONALD GRANT

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri Bill Geyts zamon bilan hamnafas bo‘lishga qaror qildi. Endi u Windows Mobile o‘rniga Android-smartfondan foydalanmoqda. Milliarder Fox News Sunday'ga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi. Geyts modelning aniq modelini aytmagan bo‘lsa-da, unda "Microsoft dasturiy ta'minoti ko‘p" ekanini ta'kidladi. Bu qaysi qurilma ekanini taxmin qilishga va nima uchun iPhone X emasligini aniqlashga urinib ko‘ramiz.

Shu yilning boshida Microsoft o‘zining chakana do‘konlarida Office, OneDrive, Cortana va Outlook paketlari oldindan o‘rnatilgan Samsung Galaxy S8 smartfonlarini sotishni boshladi. Barcha Android-smartfonlar bu ilovalarni qo‘llaydi, lekin "tasdiqlangan" va "to‘ldirilgan" Microsoft Galaxy S8 kompaniya bu an'anani kelajakda ham davom ettirishi mumkinligini ko‘zda tutadi. Geyts ham aynan shuni aytmoqchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Shu tariqa, dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, hoynahoy, kompaniyaning qo‘shimcha dasturiy ta'minot to‘plamiga ega Samsung Galaxy S8 Microsoft Edition smartfonini tanlagan.

Shuningdek Geyts intervyuda iPhone'ga qiziqmasligini ta'kidlagan. U o‘z uyida iPhone va iPod'ni taqiqlagan bo‘lsa-da, Stiv Jobsning "daho" bo‘lganini tan oldi. Geyts hanuz  Windows bazasidagi PKdan foydalanadi va Stiv Jobs haqidagi so‘zlariga qaramay, Mac'ga o‘tmoqchi emas. 

Mavzuga oid
Top