Iroq armiyasiga kurdlar nazoratidagi hududga kirish uchun ruxsat berildi
Iroq Kurdistonida mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazilgandan keyin Bag‘dod bu hudud ustidan nazoratni kuch bilan qaytarishga qaror qildi.
27 sentabrda Iroq parlamenti deputatlari Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiyga Kurdistonning neft hududi hisoblanuvchi Kirkukka qo‘shinlar kiritish huquqini berdi. Qo‘shinlar barcha bahsli hududlarda 2014 yil 10 iyuldagi holatga mos ravishda joylashishlari kerak.
Hukumat muxtoriyatdagi neft konlari ustidan nazoratni federal neft vazirligiga qaytarmoqchi.
Al-Obodiy parlament oldidagi chiqishida Bag‘dod Iroq Kurdistoni ustidan nazoratni kuch va konstitutsiya yordamida qaytarishiga va'da berdi.
“Bir vatanning o‘g‘lonlari orasida urush bo‘lmasligi kerak, biroq biz qonunni qabul qilamiz va siz o‘shanda ko‘rasizlar”, deb aytgan al-Obodiy.
Bosh vazir kurdlarni referendum natijalarini bekor qilishga chaqirgan.
O‘z navbatida viloyat gubernatori Najmiddin Karim kurd muxtoriyati xavfsizlik kuchlari Iroq armiyasiga bahsli neft tumaniga kirishiga yo‘l bermasligini aytgan.
“Armiya kelishiga hojat yo‘q. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Biz armiyaning Mo‘sul, Havija, Ramadida bo‘lganidagi pozitsiyasini yaxshi bilamiz. Biz Kirkukda xavfsizlik kuchlarimizga tayanamiz, ular orasida Peshmerga, Asaish (xavfsizlik kuchlari), politsiya bor”, deb aytgan gubernator.
25 sentabrda o‘tgan referendumda Kurdistonning aksariyat aholisi mustaqillik uchun ovoz berdi. Ovoz berishning yakuniy natijalari 28 sentabrda e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
11:30
Qo‘rqmas jangchi – Saddam Husaynning nabirasi amerikalik askarlarga qarshi qanday jang qilgandi?
09:20 / 31.10.2024
Iroq o‘z havo hududi Isroil tomonidan buzilgani yuzasidan BMTga shikoyat qildi
12:10 / 28.10.2024
Turkiya HHK Iroq shimolidagi 34 ta obektni yo‘q qildi
11:00 / 23.10.2024