Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi xonadonlardan birida propan gaz balloni portladi, bir inson hayotdan ko‘z yumdi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati o‘tgan hafta mobaynida sodir bo‘lgan yong‘inlar to‘g‘risida misollar keltirdi.
Xususan, qayd etilishicha, 2017 yilning 20 sentabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumani Shifobaxsh suvlar ko‘chasi 6-uyda joylashgan «ORIGINAL COLORMIX» mas'uliyati cheklangan jamiyatga tegishli lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida sexning 60 kv.metr maydonda tomi va sex ichidagi lak-bo‘yoq mahsulotlari yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilib, yong‘in sababi aniqlanmoqda.
2017 yilning 20 sentabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida fuqaro R.P. o‘z uyida gaz hidini sezmasdan oshxonaga kirib, gugurt yoqqan vaqtida xonaga to‘plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Natijada yong‘in chiqib, oshxona oldida joylashgan somonxonaning 49 kv.metr maydonda tom qismi va hashak yongan. Chaqnash natijasida uy egasi R.P. va uning kelini kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, uy egasi R.P. shifoxonada vafot etgan. Xonaga gaz to‘planib qolishining sababi, propan gaz ballonidan foydalanish qoidalarining buzilishi.
2017 yilning 23 sentabr kuni Sirdaryo viloyatining Sirdaryo shahar O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida jami 9 ta savdo do‘konining 280 kv.metr maydonda tomi, shift qismi va jihozlari yongan. Tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, yong‘in sababini aniqlanmoqda.
2017 yilning 24 sentabr kuni Buxoro viloyatining Kogon tumanida «Bahor Plastiks» mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli yelim idishlar ishlab chiqarish sexida granula eritish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, sexning 180 kv.metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q.
Mavzuga oid
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
17:18 / 08.06.2026