Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurullo Otaxonov qo‘lga olinishiga rasman izoh berildi
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi 27 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda yozuvchi Nurullo Otaxonov qo‘lga olinishiga izoh berdi.
Toshkent ShIIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev Otaxonovning ushlanishiga nima sabab bo‘lgani haqida savol bergan Kun.uz muxbiriga quyidagicha javob qaytardi:
“Nurullo Otaxanov xususida shuni aytishim mumkinki, u yozgan kitoblar va chiqishlari o‘rganilib, ekspertiza xulosalari olinganidan so‘ng, unga nisbatan 2017 yil 11 may kuni Yashnobod tumani IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK 159-moddasi 1-qismi, ya'ni O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida 244-1 moddasi, 3-qismi “g” bandi, ya'ni jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish, ommaviy axborot vositalari yoki telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, internet-jahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilishi alomatlari bilan sirtdan ayb e'lon qilib, qidiruvga berilgan edi. Shu munosabat bilan, u Toshkent xalqaro aeroportiga kirib kelganida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”.

Toshxo‘jayevning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Otaxonov kechirim so‘ragani, murojaat qilgani va ushbu voqea bilan bog‘liq boshqa jihatlari muhokama bo‘lmoqda. Uning qayd etishicha, boshqa tashkilotlar yoki vakolatli davlat organlaridan uning afv etilgani haqida ma'lumotnoma kelib tushmagani bois, ichki ishlar idoralari jinoyat-protsessual kodeks talablaridan kelib chiqqan holda o‘z vakolatlari doirasida tergov ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha 27 sentabr tongida Istanbuldan Toshkentga qo‘ngan taniqli adib Nurulloh Muhammad Raufxon – Nurollo Otaxonov Islom Karimov xalqaro aeroportida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan hibsga olingani ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi.
Undan avvalroq u o‘z shaxsiy sahifasida Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaatini e'lon qilgan edi.
Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan. «Yo‘l boshida» «Dunyo keng», «Shu yerlik kishi» kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari orqali elga tanilgan.
Ëzuvchining sevgi mavzusidagi «Oq bino oqshomlari» hikoyasi «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgach, «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb topilgan edi.
Ushbu hikoya asosida «Oq bino oqshomlari» badiiy filmi suratga olingan. Yozuvchi turk, gurji, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. Ëzuvchi keyingi 25 yil mobaynida «Yoshlik» (Bo‘lim mudiri), «Mushtum» (Mas'ul kotib), «Sharq yulduzi» (Bo‘lim mudiri), «Hidoyat» (Bosh muharrir) kabi turli jurnallarda hamda «Movarounnahr» nashriyotida (Bosh direktor) ishlab kelgan.
2013 yil oxirida ochiq aytilmagan sabablarga ko‘ra, «Movarounnahr» nashriyoti Bosh direktorligi hamda «Hidoyat» jurnali Bosh muharrirligidan bo‘shatilgan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"MK" gazetasi Ozarboyjonni natsistlar Germaniyasiga qiyosladi
Jahon | 08:46
-
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 08:43
-
Bangladeshda sobiq bosh vazirga qarshi ish sirtdan ko‘rib chiqiladi
Jahon | 08:39
-
O‘zbekiston milliy jamoasining JChdagi raqiblari dekabrda Las-Vegasda aniqlanadi
Sport | 08:12
Mavzuga oid

01:00 / 01.02.2019
Toshkentda mingdan ziyod haydovchi 571 million so‘mdan ortiq jarima to‘ladi - ShIIBB

18:30 / 29.01.2019
Toshkentda xorijga chiqish pasportlarini berish bilan bog‘liq ahvol qanday?

07:17 / 17.10.2018
Qish ostonasida: Toshkentda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan insonlarga issiq kiyimlar tarqatildi

21:09 / 21.04.2018