Ozodlik yo‘lida bo‘shab qolgan «Kamp Nou», Namanganda to‘xtagan «Paxtakor» va kunning boshqa asosiy voqealari
Oktyabr oyining dastlabki kuni futbol olamida voqealarga boy bo‘ldi. Tribuna.Uz ularni yana bir marta yodga olib o‘tdi.
Kataloniya mustaqilligi uchun o‘tayotgan referendumlar futbolga bevosita ta'sir o‘tkazdi. Referendum bilan bir kunga to‘g‘ri kelgan «Las-Palmas» bilan o‘yin Kataloniya markazidagi tartibsizliklar natijasida qoldirish xavfi ostida qoldi. Shu maqsadda «Barselona» shoshilinch yig‘ilish chaqirdi. Unda o‘yinni qoldirish masalasi ko‘rildi.
Ko‘p o‘tmay uchrashuv qoldirilgani ma'lum qilindi. Ammo keyinroq uchrashuv baribir o‘tkaziladigan bo‘ldi. Faqat buning uchun stadionga muxlislar kiritilmadi. Dastavval Pike boshchiligidagi vatanparvarlar bo‘sh stadionda o‘ynashni istashmagandi, lekin oxir-oqibat ular shartga ko‘nishdi va «Barselona» bo‘m-bo‘sh stadionda o‘ynashiga qaramasdan g‘alaba qozondi.
Bu orada kataloniyalik bir qator futbolchilar referendumda ishtirok etishdi va mazkur tarixiy voqea haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Pike demokratiyaga qarshilik qilayotgan Madrid va politsiyani qoraladi va ko‘ziga yosh olib katalon ekanidan faxrlanishini aytdi.
Bu orada esa Kataloniyaning mustaqil bo‘lishi Ispaniya terma jamoasiga ham noxush bo‘lishi haqida xabar tarqaldi. Jamoaga hattoki JChdan chetlatish xavf solmoqda.
Bu orada Madridda boshqa muammolar paydo bo‘ldi. So‘nggi mavsumni rekord daromad bilan tugatgan «Real»da himoyachi Karvaxalning yuragida muammo paydo bo‘lgan bo‘lsa, Beyl jarohat olib safdan chiqdi. Shunga qaramay jamoa Isko yordamida Kataloniyaning boshqa bir jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.
Angliya Gvardiola o‘yin uslubi darsliklarga kiritilishi muhokama qilinayotgan bir pallada, Liverpulning ikki klubi g‘alaba qozona olmayotgan vaqtda, «Arsenal» muhim uch ochkoli bo‘ldi. Italiyada esa «Yuventus» nihoyat ochko yo‘qotdi.
So‘nggi kunlarning eng faol funktsionerlaridan biri Umid Ahmadjonov bu safar BAA vitse-prezidenti bilan uchrashib o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha memorandum imzoladi. Memorandumda hakamlarning ligalarda almashib ishlashiga ham kelishib olindi.
BAAlik hakamlar ishlashi kutilayotgan Oliy liganing bugungi kundagi yagona uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. «Loko»ni uyida yuta olgan «Paxtakor» bu safar «Navbahor» uyida mag‘lubiyatga uchradi.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020