Pikedan-Deulofeugacha. Kataloniya terma jamoasi qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi?
1 oktabr kuni Kataloniya mustaqilligi uchun referendum bo‘lib o‘tdi. Madridda buni tan olishmadi. Konstitutsion sud referendumni noqonuniy deb topdi. Ammo Barselona uchun baribir edi. Ular ozodlik uchun qon to‘kib bo‘lsada, qatnashishdi. Hozircha referendumning natijalari bo‘yicha yakuniy natijalar chiqqani yo‘q.
Keling Kataloniyaning ozodlik uchun kurashi muvaffaqiyatli chiqdi, deb hisoblab turamiz. Shunday bo‘lgan taqdirda Kataloniyaga xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun terma jamoa kerak bo‘ladi.
Umuman olganda futbol bo‘yicha Kataloniya terma jamoasi 100 yildan ortiqroq vaqt davomida mavjud bo‘lgan, ular vaqti-vaqti bilan terma jamoa ishtirokidagi norasmiy o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil qilishgan – unda Pike, Fabregas, Buskets boshqa bir qator yulduzlar ishtirok etib kelishgan.
Agar hozirning o‘zida ushbu jamoani shakllantirish kerak bo‘lsa u qanday ko‘rinish olgan bo‘lardi? Marhamat faraz qilib ko‘ramiz:
Darvozabon Kiko Kasilya
Taqdir hazilini qarangki, bugungi kundagi Kataloniyaning eng yaxshi darvozabon «Real» sharafini himoya qilmoqda. Kiko Kataloniyada tug‘ilgan bo‘lib, 14 yoshida «Real» tizimiga kelib qolgandi, shundan so‘ng u «Espanol»ga o‘tgan va 2015 yilda yana Madridga yo‘l olgandi. Hozir u Madrid klubida asosan kubok uchrashuvlarida ko‘rinish bermoqda.
Himoyada «Barselona» tarbiyalanuvchilari. Markazda Jyerar Pike va Mark Bartra, o‘ng qanotda Martin Montoyya va chap qanotda Jordi Alba
Hozirgi kunda bulardan ikkitasi «Barselona»da faoliyatini davom ettirmoqda. Jordi Alba va Jyerar Pike jamoaning o‘zgarmas futbolchilaridan bo‘lib qolishmoqda. Qolgan ikki futbolchi esa «Barselona» omadi yurishmagach, boshqa jamoaga yo‘l olishgan. Montoyya «Valensiya»da, Bartra – esa Dortmundda to‘p surmoqda.
Uch nafar yarimhimoyachilar «Barselona»ning ikki futbolchisi Serxi Buskets, Serji Roberto va «Chelsi» futbolchisi Sesk Fabregas.
Uchchala futbolchi ham kelib chiqishi jihatdan Kataloniyaning birinchi raqamli jamoasi tarbiyalanuvchilari sanaladi. O‘z vaqtida Fabregas «Arsenal» safiga o‘tib ketgan, keyinchalik «Barselona»ga qaytgandi. Gvardiolasiz qolgan «Barsa»da Seskning ishlari umuman yurishmadi u ko‘p vaqt jamoada qolib ketmadi va yana Londonga, faqat bu safar «Chelsi» safiga qaytdi. Serxi Roberto va Serxi Buskets esa hamon «Barselona» sharafini himoya qilishda davom etmoqda.
Hujum chizig‘i. Jyerar Deulofeu, Jyerar Moreno va Boyan Krkich.
«Barselona»da bu chiziq uzoq yillar to‘liq janubiy amerikaliklarga ishonib topshirilgani uchun, bu chiziq nisbatan kuchsizroq va nom jihatdan kamtarroq ko‘rinishi mumkin. Jyerar Deulofeu ma'lum tanaffusdan so‘ng yana «Barselona»ga qaytgan bo‘lsa, ijaralar girdobiga o‘ralashib qolgan Boyan Krkich (hozirda «Stok Siti»ga tegishli, «Alaves»da ijara asosida to‘p surmoqda) va yangi mavsum kashfiyoti Jyerar Moreno. Moreno «Espanol» safida joriy mavsumda 3ta gol kiritishga ulgurdi. Albatta hujumning istalgan qanotiga Kristian Teloni ham joylashtirish mumkin. Kamida u zaxiradan maydonga tushishi mumkin bo‘lgan birinchi raqamli nomzod bo‘ladi.
Bosh murabbiy
Agar bosh murabbiy ham katalon bo‘lishi kerak deb hisoblaydigan bo‘lsak, bu nomga Xosep Gvardioladan boshqa munosib nomni aytishning o‘zi g‘alaati. Ammo Gvardiola hozir faoliyatidagi eng muhim pallani butunlay boshqa joyda o‘tayotganini hisobga olsak, Xavini bu o‘rin uchun eng munosib deb ko‘rish mumkin. Demak, bu terma jamoa bosh murabbiyi — Xavi.
Mavzuga oid
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
11:10 / 01.11.2024
Moldova KS YeIga integratsiya bo‘yicha referendum natijalarini ma’qulladi
21:07 / 21.10.2024
Moldova fuqarolari Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi
21:00 / 27.08.2024