Buyuk Britaniya 2022 yilda: 51 foiz britaniyalik elektromobilga o‘tadi

Foto: cleantechnica.com
Buyuk Britaniya aholisining yarmidan ko‘pi 51 foizi yaqin besh yil mobaynida elektrokarlardan foydalana boshlaydi. Total EV tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi shunday deyishga asos bo‘lmoqda, deb yozadi CleanTechnica.
So‘rov 1 ming kishi orasida o‘tkazilgan bo‘lib, ular Total EV yangiliklar sayti ishga tushirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadqiqotda qatnashgan. Britaniyaliklarning 45 foizi tez orada elektromobillarga o‘tishini yoqilg‘ii narxi oshishi bilan izohlashdi. So‘ralganlarning 36 foizi ekologik muammolarni vaj qilib ko‘rsatishgan. Erkaklarning 60 foizdan ortig‘i yaqin besh yilda elektromobillarga o‘tishini aytishgan bo‘lsa, ayollarning 42 foizi shunday maqsadnii bildirishgan.
Elektromobillarni qayta quvvatlash infratuzilmalari sezilarli rivojlangani sababli, ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni elektromobillarga almashtirishni xohlovchilar soni 77 foizni tashkil etmoqda.
«Dunyo benzin va dizel yoqilg‘isidan voz kechib, elektr energiyasini tanlamoqda, — deydi Total EV asoschisi tadbirkor Deniel Grin. — So‘rov Britaniya uyg‘ongani va elektromobillarni joriy etishga shayligini ko‘rsatdi. Mamlakatda 110 mingdan ortiq quvvatlash qurilmalari barpo etilgan. Ammo texnologiyalar yaxshilashgani sari ularning soni ham ko‘paya boradi».
Total EV muharriri Jyeyms Baggotning so‘zlariga ko‘ra, «bu avtomobiilsozlik sohasida Henri Ford davridan keyingi eng yirik voqelikdir».
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi

14:24 / 12.05.2025