Internetda Tesla yuk mashinasi suratlari paydo bo‘ldi

Foto: Reddit
Amerikaning elektr transport vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Tesla kompaniyasining elektr yuk mashinasi suratlari 26 oktabrdan keyin paydo bo‘ladi, deb o‘ylaganlar xato qiladi. Reddit portalining ziyrak foydalanuvchilaridan biri kompaniya ishlab chiqqan yuk mashina suratini havola qildi. Unga ko‘ra, avtomobil ancha futuristik shakl-shamoyilga ega bo‘ladi, deb bemalol aytish mumkin. Shu bilan birga, ta'kidlash joiz, uning boshqa jihatlariga oydinlik kirituvchi suratlar mavjud emas.
Uning aniq xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi va interer hozircha qattiq sir saqlanmoqda. Ekspertlarning aytishlaricha, mashina bir marta to‘liq quvvatlangach, 300-500 km masofani ortda qoldirishi mumkin. Shunday ekan, gap qisqa masofalarga yuk tashiy oladigan mashinalar haqida borayotgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, hech kimga sir emaski, Ilon Mask haydovchisiz muqobil yuk mashinalari g‘oyasini ham ilgari surgan edi. Shunga ko‘ra, ehtimol, oktabr oyida biz muoqbil boshqaruv texnologiyasi bilan jihozlangan mashinani ko‘rarmiz.
Afsuski, Tesla kompaniyasi bu borada birinchisi bo‘lmaydi. Bundan bir necha hafta avval, Amerikaning yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyasi sanalmish Cummins AEOS nomli elektr yuk mashinasini namoyish etdi. Mashina elektromotor va i 140 kVt/soatlik batareya bilan jihozlangan mashina 225 kilometrgacha harakatlana oladi. Albatta, u uzoq masofalarga qatnovni amalga oshira olmaydi, ammo 20 tonnagacha bo‘lgan yukni yaqin masofalarga yetkaza oladi.

Ko‘ramiz, Tesla bu safar avtoixlosmandlarni lol qoldira olarmikan? Kutamiz.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat
O‘zbekiston | 09:00
-
Toshkentda ko‘p qavatni turar joy qurish uchun berilgan xulosa sudda bekor qilindi
O‘zbekiston | 08:55
-
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
Iqtisodiyot | 08:52
-
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak
Jahon | 08:11
Mavzuga oid

20:55 / 09.05.2025
Britaniyada urush faxriysi tankda Tesla avtomobilini pachaqladi

18:27 / 01.05.2025
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda

10:32 / 23.04.2025
Mask Tesla savdolari pasaygani tufayli DOGE'dagi faoliyatini qisqartiradi

15:58 / 18.04.2025