Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Konstitutsiyaviy va Oliy sudi sudyalari saylandi
4 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 12-yalpi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar berilgan edi. Uning kun tartibiga 8 ta masala kiritilgan bo‘lib, senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida”gi qarorlarini muhokama qilishdi va qabul qilishdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 80-moddasi birinchi qismining 2-bandi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq, Sayyora Rejipbayevna Koshayevani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi lavozimiga sayladi.
Bundan tashqari, Oliy Majlisi Senati quyidagilarni: Akrom Jo‘raqulovich O‘tayev muddatsiz davrga, Vohid Mamataliyevich Nazarovni muddatsiz davrga, Gulnora Anvarovna Mirzayevani besh yil muddatga, Ibrohim Isoqovich Tojiyevni o‘n yil muddatga, Luqmon Muxtorovich Qodirovni muddatsiz davrga, Nishanmurod Muxtorovich Mirzaalimovni o‘n yil muddatga, Umidaxon Adhamovna Imomovani o‘n yil muddatga, Uchqun Xolboyevich Ro‘ziyevni o‘n yil muddatga, Hamro Jahongirovich Berdiqilichevni o‘n yil muddatga, Xurshid Iskandarovich Qosimovni o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga sayladi.
Mazkur qarorlar qabul qilingan kundan e'tiboran kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
22:52 / 01.04.2026
Tramp shaxsan AQSh Oliy sudidagi eshituvga keldi
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
19:05 / 31.03.2026
Talaba qizlarga harbiy tayyorgarlikdan o‘tish huquqi kafolatlanishi mumkin
19:30 / 27.02.2026