O‘zbekiston | 19:00 / 05.10.2017
17545
3 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarda hal qilinmagan masalalar yo‘q

Foto: President.uz

"O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarda hal qilinmagan masalalar mavjud emas", - deya ma'lum qildi bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan tor doiradagi uchrashuvda. Bu haqda 24.kg xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti Almazbek Atamboyev orqali Qirg‘izistonning barcha xalqiga minnatdorchilik bildirmoqchi ekanini ta'kidladi. Uning qayd etishicha, Qirg‘iziston rahbarining kelishi Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida Bishkekka tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning davom etishi belgisidir.

"O‘ylashimcha, tarix o‘z so‘zini aytadi. Qisqa vaqt ichida biz birodar va do‘stona davlatlarning shunday o‘zaro tushunish va munosabatlariga erishdik. Bizning xalqlar buni munosib baholashadi. Ostona va Pekindagi uchrashuvlardan so‘ng biz siyosatning barcha sohalarida katta natijalarga erishganimizni aytishim mumkin. Bizda yechimini topmagan hech qanday masala yo‘q. Savdo-iqtisodiy aloqalarda ham hamma narsa yaxshilanmoqda. Bishkekda, O‘shda va bugun Toshkentda ko‘rganimiz buning isbotidir. Biznes bir-birini topadi. Agar biz xalaqit bermasak, tovar ayirboshlash faqat hajmi o‘sib boradi", - degan Shavkat Mirziyoyev. 

O‘zbekiston prezidenti chegara hududlaridagi munosabatlar hamda madaniy-gumanitar hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini ta'kidlab o‘tdi. Shavkat Mirziyoyevning eslatishicha, bugun tomonlar o‘zaro munosabatlarni, jumladan harbiy-texnikaviy hamkorlikni yana bir bora muhokama qiladi.

"Ishonchim komilki, bugungi uchrashuv va davlat tashrifi siz va sizning donoligingiz tufayli tarixiy bo‘ladi. Bu siz bizning ikki tomonlama munosabatlarimizga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘layotganingiz sababli ro‘y berdi. Bu sizning O‘zbekiston va o‘zbek xalqiga bo‘lgan katta shaxsiy munosabatingiz va uning tarixini yaxshi bilishingizdir", - deya xulosa qilgan Shavkat Mirziyoyev. 

Mavzuga oid