So‘x va Shohimardonga o‘tishda chegaradagi vaziyat qanday yechim topdi?
Bugun, 6 oktabr kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisiga bag‘ishlandi. Anjumanda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri Qirg‘iziston bilan chegara munosabatlarida So‘x va Shohimardon masalasi qanday yechim topganiga qiziqdi.
Mazkur savolga Oliy Majlis Senati fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev javob berdi:
«Davlatimiz rahbari 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga qilgan tashrifi chog‘ida o‘zaro hamkorlik va chegara masalalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisida esa bu hujjat ratifikatsiya qilindi. Endilikda ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarga binoan chegaradan o‘tish tartibi, rejimi 80 foizga soddalashtirildi. U tomondan ham, bu tomondan ham aholining kirib-chiqishi uchun bir qancha qulayliklar yaratildi. Bu o‘z navbatida qo‘shnichilik aloqalarini yaxshilashga va chegarada paydo bo‘luvchi muammolar oldini olishga hissa qo‘shadi».
Zayniddin Nizomxo‘jayevning ta'kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan hujjatlar natijasida So‘x tumani va Shohimardonga o‘tishda chegarada paydo bo‘luvchi muammoli vaziyatlar o‘z joyida yechimini topadi. Bu esa ortiqcha to‘sqinliklar vujudga kelishini oldini oladi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tesla Cybertruck savdosi pasayib ketdi, kompaniya muammolarga duch kelmoqda
Jahon | 20:41
-
Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi
Jahon | 20:15
-
14 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 20:12
-
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
O‘zbekiston | 20:06
Mavzuga oid

16:11 / 12.01.2025
Vodiy Shveytsariyasi – Shohimardonga sayohat | “Manzil”

17:14 / 09.01.2025
“Avgustdan keyin hammasi yaxshi bo‘lib ketadi...” - marhumlikda mashhurlikka erishgan dehqon

17:46 / 19.10.2024
Shohimardon fojiasi: sel va unutilmas dard

14:57 / 14.08.2024