Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin 65 yoshni qarshilamoqda (foto)
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin 65 yoshni qarshilamoqda. U 1952 yilning 7 oktabrida Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida ishchilar oilasida tug‘ilgan.
Otasi Vladimir Spiridonovich Putin suv osti flotida xizmat qilgan. Urushdan so‘ng Leningrad vagon qurilish zavodida ishlagan. Vladimir Putin RF prezidenti vazifasini bajarishga kirishishidan 1 hafta oldin vafot etgan. Onasi Mariya Ivanovna Shelomova ham shu zavodda mehnat qilgan. Onasi 1998 yilda vafot etgan.
Maxsus xizmatlarning sobiq zobiti bo‘lmish Putin siyosiy karerasini Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yeltsin vaqtida boshlagan. Avvaliga u maxsus xizmatlar bosh organi — Federal xavfsizlik xizmatini boshqardi, keyin esa mamlakat bosh vaziri bo‘ldi. 2000 yilda Putin ilk bor prezident etib saylandi.
Rossiyaning yangi saylangan rahbari hech qachon deputat yoki gubernator bo‘lmagan, siyosiy muhitda yashab qolish tajribasiga mutlaqo ega emasdi, biroq tahliliy qobiliyatlari unga prezidentlik lavozimida juda qo‘l keldi.
O‘zining dastlabki boshqaruv yillarida Vladimir Putin ko‘pchilik tomonidan Rossiyani 1990-yillar tartibsizliklaridan qutqargan islohotchi sifatida qabul qilina boshladi. Prezidentga bu yo‘lda qulay iqtisodiy kon'yunktura va neftning jahon narxlari baland bo‘lib turgani yordam beradi. Vladimir Putin umuman hisoblanganda hokimiyat tepasida 12 yildan ziyod bo‘lib turibdi, garchi rus muxolifati tomonidan uning boshqaruvi keskin tanqid ostiga olinsa-da, so‘rovnomalarga ko‘ra aholining 80 foizidan ko‘prog‘i uni qo‘llab-quvvatlaydi.
Putin o‘z siyosiy karerasini davom ettiradimi-yo‘qmi, hozircha rasman e'lon qilingani yo‘q. Amaldagi davlat rahbarining o‘zi to‘rtinchi muddat uchun nomzodini ilgari surish borasida jim. Lekin biz u albatta surishini bilamiz-ku?
U 1983–2013 yillarda Lyudmila Putina (Shkrebneva) bilan birga yashagan. Birgalikdagi turmushdan Katerina va Mariya ismli qizlari bor. Rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda Alina Kabayeva bilan turmush qurgan, hattoki allaqachon ikki o‘g‘ilning otasiga ham aylangan.
Leningrad davlat universiteti, SSSR KGB oliy maktabi, SSSR Qizilbayroqli KGB institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. Mutaxassisliklari: yurist, razvedkachi, siyosatchi.
GAZ-21 «Volga» avtomobilini boshqarishmoqda, 2005 yil
Foto: Reuters
Foto: RIA «Novosti»
«Artek» bolalar lagerida, 2001 yil, 28 iyul
Foto: Sergey Velichkin/Vladimir Rodionov/TASS
parvozini kuzatmoqda, 2004 yil
Foto: Aleksey Panov/RIA «Novosti»
Foto: Aleksey Drujinin/RIA «Novosti»
qadimiy kema oldiga batiskafda tushmoqda, 2015 yil
Foto: Aleksey Nikolskiy/RIA «Novosti»
Foto: TASS
Foto: Yuriy Kochetkov/Reuters
noma'lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida, 2017 yil 22 iyun
Foto: Sergei Karpukhin/Reuters
restoranda kechki ovqat chog‘ida, 2011 yil 11 noyabr.
Suratda chapda — hozirda uning shaxsiy oshpazi, deb taxmin qilinuvchi oligarx Yevgeniy Prigojin
Foto: Misha Japaridze /Pool/AP
Foto: Mixail Mettsel/TASS
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026