Kiçik dökondan Rossiyaning eng yirik avtoservislar tarmoğigaça. Özbek işbilarmon oilasi tarixi
|23:40 / 09.10.201767 03910 min
Foto: RusbaseFoto: Rusbase
2017 yilning sentabrida Rossiyada «Bir kuni Amerikada emas: qöl ostidagi vositalar bilan dunyoni zabt etiş böyiça qisqa qöllanma» («Odnajdy ne v Amerike: kratkoye posobiye po zavoyevaniyu mira podruçnymi sredstvami») kitobi naşrdan çiqdi. Kitobda Özbekistondan Rossiyaga borib, «Yevrodizayn» quriliş materiallari tarmoği va «Vilgud» avtoservislar tarmoğini işga tuşirgan Tursunovlar oilasi tarixi bayon etilgan. Uning adadi - 3000 nusxa. Kitobda qanday qilib noldan boşlab köp millionli biznesni quriş mumkinligi hayotiy misol tariqasida keltiriladi. Forbes Woman şu haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.
Şerzod va Barno Tursunovlar 2000 yilning qişida Moskva şahri çekkasidagi kvartirada ijaraga turişgan. Keyingi 15 yilda ular «Mytişçinskaya yarmarka»sida oddiy gulqoğozlar va laminat bilan savdo qiluvçilardan mazkur tovarlarning Rossiyadagi eng yirik distribyutori - «Yevrodizayn» kompaniyasiga qadar ösişdi.
Şundan söng, juftlik öz uluşini muvaffaqiyatli sotib, «Vilgud» aqlli avtoservislar tarmoğini işga tuşirdi. Kitob çop etilgan vaqt holatiga köra, tarmoqning pul aylanmasi milliard rublga yetdi. Ular şu bilangina çeklanib qoliş niyatida emas.
Tursunovlarning hozirgi biznesi eski garajda gaykalarni buraşdan iborat emas, u bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan. Ular allaqaçon avtotexmarkazlarni qurişni töxtatişgan, çunki ular yuqori samarali boşqaruv tizimini yölga qöyiş köproq daromad keltirişini, şunda surunkali kamomaddan aziyat çekayotgan yuzlab bozor iştirokçilarining özi mazkur tizimga qöşilib, oila brendi ostida işlaşini öz vaqtida anglab yetişdi.
Quyida oilaviy kitobdan qiziqarli parçalar keltirib ötiladi:
4-bob. Ayolning foydasi haqida
Barno ustuvor vazifalarni doim aniq belgilab olgan - uni eng avvalo oila qiziqtirardi, ayolning köz öngida baxtli rafiqa roli har qanday deputat, kino yulduzi va hatto AQŞ prezidenti lavozimidan-da yuqori edi.
Uning hayotiy strategiyasi imkon qadar turmuş örtoği bilan köproq birga vaqt ötkaziş, unga doim nonuşta, tuşlik va keçki ovqat tayyorlaş imkoniga ega bölişdan iborat edi.
Mavzuga oid
Şunisi qiziqki, aynan şunday patriarxal tamoyillar Barnoni işbilarmon xonimga aylantirdi
: jiddiy ovoz ohangi, yirik kompaniyadagi top-lavozim, suratlarda doim turmuş örtoği bilan birga, ammo uning soyasida emas.
Barno Tursunovadan muvaffaqiyat sirlari, maqsadni belgilaş san'ati va katta biznesning boşqa sirlari haqida köp söraşadi. U bunga javoban doim tabassum bilan javob qaytaradi, çunki haqiqatda bu yerda heç qanday sir yöq. Qanday sir bölişi mumkin? U şunçaki eriga yaqinroq bölişni xohladi, şuning uçun u şuğullangan iş, ya'ni biznes bilan şuğullanişga töğri keldi.
Şerzod Tursunov million dollar işlab topişni maqsad qilgan va er-xotin bunga birgalikda kirişişgan. Endi Şerzod milliard rubllik pul aylanmasini niyat qilmoqda - milliard bölsa, milliard-da! Uç yilda yuz avtoservis? Gap yöq, olğa!
Barno Tursunova umumiy strategik maqsadlar qöyişga da'vogar emas, - bu erining vakolati. Şunday bölsa-da, u har qanday taktik vazifani uddalaşga qodir, işning közini biliş, ayniqsa sotiş va aloqalarni yölga qöyişni uddalaş qobiliyati uning qonida bor. U sotiş - manipulyatsiya san'ati emas, ijtimoiy kommunikatsiyaning eng muhim jihozi ekani borasida aniq bilimlar bilan tuğilganga öxşaydi.
Barno özining ilk jiddiy şartnomasida «Özbekfilm» rejissyoriga qönğiroq qilib, telefon orqali kelişuvga erişgan. Ikkinçi bitim xuddi şunday tasodifan amalga oşirilgan. Bir kuni Şerzodning otasi, begona hisobçilar xavfli bölişi mumkinligi, ularga işonib bölmasligini aytib, fikr bildirgan. Davr ham murakkab bölgan, ortiqça maoş tölaşga ne hojat?! Şunday qilib, Şerzod ayoliga buxgalteriyani örgata boşladi, zero u heç qaçon otasining sözini ikki qilmasdi. Barno şu tariqa oilaviy kooperativga kirib kelgan.
Barno kooperativga qöşilgaç, körgan birinçi narsasi polda yotgan avtoruçkalarning katta qodoği edi. Bu ikkiga buklanuvçi «sehrli ruçkalar» edi. Ular Barnoning qaynotasi Şuhrat Ma'rufoviç tomonidan işlab çiqarilgan edi. U xorijda şunday ruçkalarni körib, uni şu yerda işlab çiqarişni yölga qöygandi. 10 ming ruçka muayyan sabablarga köra omborda yotib, «öz vaqti»ni kutardi.
1994 yilda oilaviy kooperativ daromadini yöqota boşlagan, murakkab davrlar payti. Şerzod qarzdorlarni izlab şahardagi bozorlardan biriga yöl olgan. Barno eri bilan birga ketaturib, har ehtimolga qarşi, haligi ruçkalardan bir neça qadoğini oldi. Turmuş örtoği bir amallab qarzlarni yiğib yurganida u viloyatdan şaharga xarid uçun kelganlarni taşuvçi avtobuslarning bekatiga bordi. Ayol Buxoro va Samarqandga olib boruvçi avtobuslarga kirib, dadillik bilan ruçkani sotişga kirişdi:
«Yaqinda birinçi sentabr! Ruçkalardan oling! Eng xaridorgir tovar!»
Yölovçilar xuddi sehrlangan kabi birin-ketin ruçkalarni xarid qila boşlaşdi. Haqiqatda, birinçi sentabrga oz qolgan bölsa, ruçka xarid qilişni unutiş mumkinmi?! Bir soatdan keyin Şerzod qarzdorlarning oldidan kayfiyatsiz qaytib kelganida ayoli uni talaygina naqd pul bilan kutib oldi. U ruçkalarni bitta ham qoldirmay sotgandi. Ayol hatto hozir ham qanday qilib buning uddasidan çiqqanini tuşuntirib bera olmaydi. Barçasi öz-özidan bölgan.
Keçki payt butun oila şokda edi. Şu kunga qadar uy bekasi şaxsi ostida qanday gavhar yaşirinib yotgani oydinlaşdi. Ertasiga Barno va Şerzod yana öşa avtobus bekatiga borişdi va qolgan 9 mingdan ortiq ruçkani sotib kelişadi. Şundan keyin heç kim Barnoga buxgalteriya bilan şuğullanişni taklif qilmadi.
90-yillar oxirlab borardi, Barno ikkinçi farzandiga homilador edi. Özbekistonda tijoriy aloqalarning turli şakllari gullab-yaşnab borardi, yirik xalqaro biznes özi uçun yangi mamlakatni kaşf qilayotgandi. Janubiy Koreyaning Daewoo avtogiganti bu yerda öz maşinalarini yiğa boşladi, Toşkent böylab oq rangli xorij maşinalari harakatlana boşladi - nima uçundir şu rangga talab köp edi. Şerzodga qator dilerlik markazlaridan birini boşqariş vazifasi topşirildi. U intererga osiş kerak bölgan hujjatlar papkasini uyiga olib keldi. Unga barçasini töğri rasmiylaştiriş uçun rassom kerak edi.
«Unga qança pul tölaysiz?», - deya qiziqiş bildirdi Barno.
«300 dollar atrofida», - deya javob berdi Şerzod.
«Keling, şuni özim bajaray!», - dedi öşa paytlar yangi çarm plaşga ehtiyoji bölgan Barno. Plaşning narxi öşa vaqtlar 200 dollar edi, biroq oilada pul yetişmovçiligi, yangi biznes, yangi xarajatlar davri bölgani bois bunday pullar yöq edi. Barno esa plaş sotib olişni orzu qilardi.
Eri bilan maslahatlaşib, 100 dollarga kelişdi va işga kirişdi. Taşqaridan bu ğalati körinişi mumkin, lekin Tursunovlar oilasida xöjalik hisob-kitob işlari doim bölgan. Otasi Şerzodni şunga örgatgandi.
Dilerlik markazi jonlana boşladi. Hujjatlarning bari osiğliq edi, reklama yölga qöyilgan, maşinalar öz xaridorlarini kutib turardi. Biroq xaridorlar salonga kirib, aylanib, xaridsiz çiqib ketişardi. Kunlar, haftalar şu zaylda ötdi - sukunat mustahkamlanib borardi. Balki muammo Daewoo'ning Tursunovlarga atigi 3 maşina keltirgani va ularning barçasi qizil rangda bölganidadir. Toşkentda esa bu rangdagi avtomobillarga qiziqiş yöq edi. Odamlar şunçaki kelib ketişardi. Şerzod hatto xaridorlarga bir bak benzin sovğa qilişga ham uringan, biroq bundan heç qanday foyda yöq edi.
«Sizlarda boşqa ranglar bormi? Qaçon böladi?», - deya savol berdi navbatdagi xaridorlardan biri.
Şu payt Barno salonda edi.
«Siz hoynahoy nima uçun bizda şunça qizil maşina deb ajablanayotgan bölsangiz kerak, a?», - deya savol bilan yuzlandi u endigina salonni tark etişga çoğlanayotgan xaridorga.
«Ha. Nima uçun?», - dedi xaridor.
«Siz qayerdansiz?», - qiziqdi Barno.
«Rossiyadan. Maşinani öşa yerga olib ketmoqçi edim».
«Biz ularga Rossiya uçun maxsus buyurtma berganmiz. Bizda hamma oq rangli maşinalarda yuradi, sizlarda esa nima uçundir qizil rang urf bölgan. Biz şerigimiz bilan yuklaşga arang ulguryapmiz. Ertaga navbatdagi partiya keladi».
Ular bir muddat suhbatlaşib turişdi-da, oxir-oqibat mijoz qizil rangdagi avtomobilni xarid qildi. Bu avtosalon faoliyatidagi ilk sotuv edi. Tez orada ikkinçisi sotildi. Barno şunçaki mijozning yoniga kelib, u bilan suhbatga kirişardi - qarabsizki, xaridor pullarni kassaga topşirayotgan böladi.
«Ularni qanday köndiryapsan? Sen yöq bölsang, heç kim olmaydi. Sen kelsang, hammasi joyida! Qarindoş-uruğingda jodu bilan şuğulanuvçilar yöqmidi mobodo?», - deya hazillaşdi Şerzod.
Foyda keltirişga usta ayol eriga bu yerda heç qanday jodu yöqligini tezda tuşuntirib berdi. Gap şunçaki, salon xizmatçilarida edi.
«Xodimlar özlarini jarayonga aloqasi yöq kişilardek tutişmoqda: xaridorlar bilan salomlaşişmaydi, tabassum qilişmaydi, suhbatlaşişmaydi va umuman, qizil maşinalarni sotiş uçun heç qanday sa'y-harakat qilişmaydi. Ularning ham aybi yöq, zero bunga ularni heç kim örgatmagan. Siz özingiz ham ular bilan suhbatlaşing. Mana körasiz: ular mendan qolişmay sota boşlaşadi», - deya bosiqlik bilan maslahat qildi Barno.
Şerzod şunday qildi ham va barçasi öz yöliga tuşdi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi