Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
Foto: Olympic.uz
“O‘zbekiston” sport majmuasida dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi yakunlandi.
Sovrin jamg‘armasi 100 000 AQSh dollariga teng bo‘lgan musobaqada dunyoning 27 ta davlatidan jami 183 nafar sportchi ishtirok etdi. Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Yagona oltin medalni -70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyozova taqdim etdi. U finalda daniyalik Emile Sookni mag‘lubiyatga uchratdi.
-90kg vazn toifasida Dilshod Choriyev finalda tojikistonlik Kamronshox Ustapiryonga qarshi jang qildi. Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, sportchilar oltin ochko uchun bahs yuritishdi. Afsuski, 10 daqiqadan ortiq davom etgan "golden score"da Choriyev ogohlantirish evaziga mag‘lubiyatga uchradi va yakunda turnirning kumush medali bilan kifoyalandi.
-73kg vazn toifasidagi G‘iyosjon Boboyev finalda qozog‘istonlik Jansay Smagulovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medali bilan taqdirlandi.
Boltaboy Boltayev, Sharofiddin Boltaboyev, Yahyo Imomov, Sherali Jo‘rayev, Sharofiddin Lutfullayev, Sardor Nurullayev, Davronbek Sattorov, Hikmatilloh To‘rayev va Bekmurod Oltiboyev bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.
Isroil terma jamoasi 3 ta oltin, bittadan kumush hamda bronza medali jamg‘argan holda, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Kuchli o‘ntalikka shuningdek, Mo‘g‘uliston, Polsha, Qozog‘iston, Sloveniya, Ozarbayjon, Belarus, Avstriya va Tojikiston terma jamoalari kirdi. Yakunda jami 12 ta terma jamoa delegatsiyalari hisobida bittadan oltin medal bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024