Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Kengashi parlament assambleyasi o‘z prezidentini saylay olmadi
Yevropa Kengashi parlament assambleyasi (YeKPA) prezidenti lavozimiga saylovlarning 2-bosqichiga ko‘ra g‘olibni aniqlashga muvaffaq bo‘linmadi. Bu haqda YeKPAda raislik qilayotgan Rojyer Geyl ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ovoz berish byulletenini olgan 191 deputatdan 121 nafari Kipr vakili Stella Kiriakidisga, 69 deputat esa Litva vakili Emanuelis Zingerisga ovoz bergan. Bitta byulleten bo‘sh qoldirilgan.
Kipr vakili raqibi ustidan ancha ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, unga berilgan ovozlar yetarli bo‘lmadi. YeKPA qoidalariga ko‘ra, g‘olib bo‘lish uchun barcha deputatlarning ko‘pchilik ovozi, ya'ni 152 ta ovoz to‘plash kerak.
Geyl saylovlarning 3-bosqichi 10 oktabr ertalab o‘tkazilishini e'lon qildi. Bu ovoz berish bosqichida mutlaq ko‘pchilik majburiy hisoblanmaydi va g‘olib oddiy ko‘pchilik bilan aniqlanadi.
Assambleyaning amaldagi rahbari Pedro Agramunt sog‘lig‘i munosabati bilan iste'foga ketishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
13:58 / 02.06.2023
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Kengashi prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
09:05 / 15.04.2023
Yevropa Kengashi Navalniyning sog‘lig‘i holatidan xavotirda
11:50 / 17.02.2023
Rossiyada Yevropa Kengashi nizomi amal qilishi to‘xtatildi
22:35 / 15.03.2022