Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya ertagi tugadi. Keyhill Avstraliyani qit'alararo pley-offga olib chiqdi
JCh-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasidagi pley-off uchravshuvi nihoyasiga yetdi. Unda Avstraliya terma jamoasi Suriya terma jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida avvaliga Umar as-Soma mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Tim Keyhill farqni yo‘qqa chiqardi. Bu hisob o‘yin davomida boshqa o‘zgarmadi. Birinchi uchrashuvda ham xuddi shu hisobda yakuniga yetgani bois, qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi.
Qiziq tomoni, qo‘shimcha bo‘limlarga Ravshan Ermatov emas, Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida maydonga tushdi va 94-daqiqada suriyaliklar vakili al-Mavasga qizil kartochka ko‘rsatdi. Natijada 10 kishi qolgan Suriya 109-daqiqada yana o‘sha Keyhillning bosh bilan bergan zarbasidan keyin gol o‘tkazib yubordi. Yakuniy hisob 2:1 Avstraliya keyingi bosqichda.
Avstraliyaliklar qit'alararo pley-offda KONKAKAF mintaqasining 4-o‘rindagi jamoa bilan kuch sinashadi. Hozirda bu mintaqada AQSh, Panama va Hondurasda bunday imkoniyat mavjud.
JCh-2018. Saralash bosqichi. Osiyo pley-off
Javob uchrashuvi
Avstraliya — Suriya 2:1 (1:1, 0:0, 0:0, 1:0)
Gol: Tim Keyhill (13, 109) — Umar as-Soma (6).
Chetlatish: Mahmud al-Mavas (94)
Dastlabki uchrashuv — 1:1.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026