«Interpol»ning Tojikistondagi yuqori martabali mulozimlari hibsga olindi
Tojikiston davlat moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha agentligi «Interpol»ning respublika IIVdagi ikki nafar yuqori lavozimli mulozimi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Korrupsiyaga qarshi kurash mahkamasi matbuot markazining xabar berishicha, Tojikiston IIVning «Interpol» xalqaro qidiruv bo‘limi boshlig‘i, militsiya podpolkovnigi Alohiddin Kamolov va ushbu bo‘limning o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor xodimi Jovid Vahobov pora olishda gumonlanib ushlandi.
Rossiya Federatsiya Tergov qo‘mitasining Boshqirdistondagi boshqarmasi Tojikistondagi «Interpol» byurosiga qotillikda gumon qilingan tojikistonlik fuqarolarga nisbatan jinoiy ish bo‘yicha «A» va «B» guvohlarni so‘roq qilishda yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi.
Joriy yilning avgust oyi oxirida Tojikiston IIV «Interpol» byurosi xalqaro qidiruv bo‘limi boshlig‘i A.Kamolov J.Vahobov bilan oldindan til biriktirib, fuqaro «A»dan uni ishga gumonlanuvchi emas, balki guvoh sifatida jalb etish uchun 15 ming somoniy miqdorida mablag‘ talab qilgan.
Talab qilingan pulning 5 ming somoniy miqdordagi birinchi qismini gumonlanuvchilar Jovid Vahobovning ish kabinetida olishgan hamda fuqaro «A»dan qolgan 10 ming somoniyni olib kelishni so‘rashgan, deb xabar bermoqda Avesta.
Shuningdek, J.Vahobov shunday «ko‘mak» uchun fuqaro «B»dan 15 ming somoniy talab qilgan. Ushbu shaxs ham Rossiya tomoni murojaatiga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga nisbatan ish bo‘yicha guvoh sifatida jalb etilishi kerak edi.
J.Vahobov fuqaro «B»dan ilk 5 ming somoniyni o‘zining «Mersedes-Bents» rusumli avtomashinasida olgan. «Kelishuv» Dushanbe shahridagi «Tez yordam» shifoxonasi yonida amalga oshirilgan. Tezkor xodim «B»dan qolgan 10 ming somoniyni ham talab qildi.
Fuqarolar «A» va «B» «Interpol»ning Tojikistondagi byurosi xodimlarining g‘ayriqonuniy harakatlari yuzasidan davlat moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha agentlikka murojaat qilishgan.
Militsiya mayori Jovid Vahobov korrupsiyaga qarshi mahkama xodimlari tomonidan «Shohmansur» bozori yonida fuqaro «A»dan 10 ming somoniyni olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Jovid Vahobov hamda Alohiddin Kamolovga nisbatan Tojikiston JKning 247-moddasi 4-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
23:39 / 12.11.2024
Bangladesh Interpoldan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani hibsga olishda yordam so‘radi
23:05 / 06.11.2024