20:00 / 12.10.2017
32293

Dunyoning eng xavfli va eng xavfsiz shaharlari ma'lum qilindi

Foto: Sed Zargham / Getty Images

The Economist nashri o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, Pokistonning Karachi shahri dunyodagi eng xavfli shahar deb topildi. Bu shahar maksimal 100 balldan eng past ball – 38,7 ball to‘plagan. Ta'kidlanishicha, reytingni tuzishda shaxsiy xavfsizlik, raqamli xavfsizlik, salomatlik xavfsizligi va infratuzilma xavfsizligi inobatga olingan.

Reytingda 2-o‘rinni Yangon (Myanma, 46,47 ball), 3-o‘rinni Bangladesh poytaxti Daqqa (47,37 ball) egallagan. Shuningdek, reytingning yuqori o‘ntaligiga Jakarta (Indoneziya), Xoshimin (Vetnam), Manila (Filippin), Karakas (Venesuela), Kito (Ekvador), Tehron (Eron) va Qohira (Misr) kirgan.

Tokio (Yaponiya, 89,8 balla), Singapur (89,64 ball) va Osaka (Yaponiya, 88,87 ball) shaharlari esa dunyoning eng xavfsiz shaharlari deb topildi.

Aprelda Jahon iqtisodiy forumi talqini bo‘yicha dunyoning eng xavfli davlatlari Kolumbiya, Yaman va Salvador deb topilgandi.

Top