Quyosh batareyasidagi mashinalarning butunjahon poygasi g‘olibi aniqlandi
Hollandiyaning Nuon Solar jamoasi har yilgi quyosh batareyalari bilan jihozlangan avtomobillar o‘rtasidagi Avstraliya poygasida g‘olib chiqdi. Bu haqda abc.net.au nashri xabar bermoqda. 2013 va 2015 yilgi musobaqalarda ham g‘alaba qozongan jamoa Darvin hamda Adelaida o‘rtasidagi uzunligi 3 ming kilometr bo‘lgan yo‘nalishda 40 ta raqibidan ustun keldi.
Nufuzli poyganing so‘nggi kunida Nuon Solar avtomobili Adelaide shahridan 500 kilometr shimolda start oldi va soatiga o‘rtacha 110 kilometr tezlikda harakatlanib, eng yaqin raqiblaridan kamida 2 soatga oldinga o‘tib ketgan.
Finishga ikkinchi bo‘lib Amerikaning Michigan jamoasi yetib keldi. Musobaqaning qolgan ishtirokchilari tungi vaqt tufayli poygada to‘xtab qolishgan hamda uni juma kuni davom ettiradilar.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
13:32 / 08.09.2022
Buxoroda birinchi Bukhara night race xalqaro poyga turniri o‘tkaziladi
07:25 / 12.04.2022
Qibrayda poyga uyushtirgan avtobus haydovchisi YTH keltirib chiqardi
13:55 / 20.01.2021