Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
Red Bull jamoasining niderlandiyalik poygachisi Maks Ferstappen ketma-ket uchinchi bor Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Foto: Hasan Bratic/Hasan Bratic/Global Look Press
U Qatar Gran-pri poygasi doirasida jamoadoshi, meksikalik Serxio Peres avariyaga uchrab, poygani tark etganidan so‘ng, 2023 yil mavsumida muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ferstappen poygani ikkinchi o‘rinda yakunladi, «Maklaren» poygachisi Oskar Piastri birinchi bo‘ldi.
Peres Ferstappendan tashqari chempionlikka da’vogar bo‘lgan yagona poygachi edi. Avariyadan so‘ng u jamoadoshiga yetib olish imkonini yo‘qotdi.
26 yoshli Ferstappen 2021 va 2022 yillarda ham Formula-1 poygalarida g‘olib chiqqan. Niderlandiyalik poygachi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Jyek Brebem, Jyeki Styuart, Niki Lauda, Nelson Pike va Ayrton Senna bilan tenglashib oldi.
Endi Maksni 5 poygachi ortda qoldirmoqda: Mixael Shumaxer, Lyuis Hemilton (7 karra chempion), Xuan-Manuel Fanxio (5), Alen Prost va Sebastyan Fettel (4).
Ferstappendan oldin 4 nafar poygachi qatorasiga u ch bor chempion bo‘lgan: Shumaxer (2000-2004 yillar), Fanxio (1954-1957), Fettel (2010-2013) va Hemilton (2017-2020).
Qatar Gran-Prisidan keyin eng yaxshi 10 nafar poygachi reytingi:
1. Maks Ferstappen («Red Bull») – 407 ochko
2. Serxio Peres («Red Bull») – 223
3. Lyuis Hemilton («Mersedes») – 194
4. Fernando Alonso («Aston Martin») – 174
5. Karlos Sayns («Ferrari») – 153
6. Sharl Lekler («Ferrari») – 137
7. Lando Norris («Maklaren») – 121
8. Jorj Rassell («Mersedes») – 120
9. Oskar Piastri («Maklaren») – 65
10. Lens Stroll («Aston Martin») – 47
2023 yil yakuniga qadar yana 5 ta poyga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i va ikkita davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirildi
O‘zbekiston | 08:00
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
Mavzuga oid

17:07 / 25.11.2024
Ferstappen qatorasiga to‘rtinchi marta «Formula-1» poygalari chempioni bo‘ldi

11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi

13:32 / 08.09.2022
Buxoroda birinchi Bukhara night race xalqaro poyga turniri o‘tkaziladi

07:25 / 12.04.2022