Joriy yilning 11 aprel kuni soat 14:30 lar atrofida «2-avtobus saroyi» filiali haydovçisi X.U. «Isuzu» rusumli avtobusni 199-yönalişda Qibray tumani, Alişer Navoiy köçasi böylab boşqarib borayotib, «Makro» dökoni qarşisida «Lasetti» rusumli yengil avtomobil bilan töqnaşuv sodir qilgan. 

Töqnaşuv natijasida jarohat olganlar yöq. Yöl-transport hodisasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgan.

YTH yuzasidan xizmat suriştiruvi ötkazilganda, haydovçi X.U. «2-Avtobus saroyi» filiali haydovçisi A.F. boşqaruvidagi «Isuzu» rusumli 198-sonli avtobus yönalişi bilan özaro poyga öynagani aniqlandi.

Yölovçilar va boşqa yöl harakati iştirokçilari hayotini xavf ostiga qöygani hamda yöl harakati qoidalariga rioya etmagani natijasida YTH sodir etgani uçun har ikki haydovçi bilan filial örtasida tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan.

Qayd etilişiça, avtobusga yetkazilgan zarar aybdor haydovçi tomonidan örnatilgan tartibda undiriladi.