Jamiyat | 10:35 / 13.10.2017
5377
1 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroy tumanida ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan birgalikda ma'muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yakkasaroy tumanida 12 oktabr kuni soat 19.03da, 1973 yilda tug‘ilgan, muqaddam 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan, Sh.Rustaveli ko‘chasi 49-uyda yashovchi V.S.ga nisbatan ma'muriy nazorat o‘rnatilganligini bila turib, 5 oktabr kuni ro‘yxatdan o‘tish uchun tuman IIBga kelmasdan, ma'muriy nazorat qoidalarini buzganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan fuqaro V.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 226-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid