Jamiyat | 08:32 / 13.10.2017
7290
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi auksionda Chyorchillning sigara qoldig‘i 12 ming dollarga sotildi
O‘n santimetr uzunlikdagi, Uinson Chyorchilldan qolgan sigara qoldig‘i auksionda 12 ming dollardan ziyodga sotildi.
1947 yilning 11 mayida ushbu sigarani Buyuk Britaniya bosh vaziri Uinston Chyorchill Parijdagi Le Burjye aeroportida chekkan. Sigara qoldig‘iga qo‘shimcha ravishda Chyorchillning avtografi tushirilgan fotosurat ham ilova qilinmoqda. Ushbu suratda afsonaviy siyosatchi kuba sigarasini chekib turgani aks etgan.
Associated Press’ning xabar berishicha, auksionni onlayn rejimida Bostonning RR Auction savdo uyi tashkillashtirgan.