Shunchaki smartfon emas, intellektual mashina: Huawei Mate 10 rasman namoyish etildi
Xitoyning Huawei kompaniyasi Myunxenda o‘zining yangi Mate 10 va Mate 10 Pro flagman smartfonlarini namoyish qildi. Yangi flagman "neyron protsessor", hoshiyasiz ekran, ikki kamera va boshqa qiziq xususiyatlarga ega bo‘ldi. Bularning bari uchun iPhone 8 narxidan ko‘proq pul to‘lashga to‘g‘ri keladi. Hi-Tech shu haqida xabar berdi.
Xususiyatlari
Huawei Mate 10 Pro - Xiaomi Mi Mix 2, LG G6, Samsung Galaxy S8 va Essential Phone ekranlariga o‘xshash hoshiyasiz ekranga ega bo‘ldi. Tasvirlarda haqiqatda ekran atrofida hoshiya deyarli yo‘qligini ko‘rish mumkin.
Quvvat va tovush balandligi nazorati tugmalari qurilmaning - o‘ng tomonida, barmoq izlari skaneri esa - chap panelda joylashgan.
Shuningdek Leica'ning ikki kamerasi ham shu yerda joylangan. Smartfonning orqa paneli shishadan ishlangan, dizayni esa Porsche byurosi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu simsiz zaryad tizimi faoliyati uchun zarurdir.
Shuningdek birinchi marta Huawei'da IP67 standartiga muvofiq himoya tizimi paydo bo‘ldi. Smartfon to‘rt xil rangda taqdim etildi: qora, kulrang, pushti va tillarang. Dinamik gulqog‘ozlar kunning qismiga qarab o‘zgaradi. Huawei Mate 10 Pro har tomonlama lossless audioformati bilan qo‘llab-quvvatlandi. Ta'kidlash joizki, qurilmada mini-jyek yo‘q.
PK sifatida
Smartfonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqi displeyga ulash va Bluetooth orqali tashqi periferiyaga bog‘lanish mumkin. To‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish uchun faqat kabel kerak bo‘ladi, hech qanday dok-stansiyalarga hojat yo‘q.
Tashqi monitorga ulangan qurilmaning o‘zi virtual tachpadga aylanadi. Bunday rejimda ikki ekrandan alohida foydalanish mumkin.
«Neyron protsessor»
Kirin 970 protsessori faqat sun'iy intellekt vazifalarini qayta ishlashga mo‘ljallangan, ajratilgan NPU (Neural Processing Unit) blokiga ega bo‘ldi. Aynan shuning uchun ishlab chiqaruvchi uni shunchaki smartfon emas, "intellektual mashina" sifatida reklama qilmoqda.
Smartfon mashina ta'limi yordamida suratda aynan nima aks etganini aniqlay oladi va avtomatik ravishda turli obektlar s'yomkasi sifatini yaxshilay oladi. Obekt muvaffaqiyatli "tanilsa", tegishli piktogramma paydo bo‘ladi.
Huawei Mate 10 Pro'ning xususiyatlari:
- Ekran: 6 dyuym, OLED, Quad HD (1080 x 2160 piksel), 18: 9;
- Protsessor: Huawei Kirin 970 2,8 GGts, 10 nm, 8-yadro (4x Cortex A73 i 4x Cortex A53) + Mali G72;
- Xotira: 6 GB / 128 GB i 6 GB / 256 GB;
- Kamera: 12-megapiksel rangli sensor va 20-megapiksel monoxrom sensor, apertura f/1.6, OIS;
- Akkumulyator: 4000 mAs + Huawei SuperCharge;
- OT: Android 8.0 + EMUI 8.0 bir necha ochiq oyna qo‘llab-quvvatlanganda.
Muddat va sana
Qurilma Yevropada noyabr oyi o‘rtasida sotuvga chiqadi. 128 GB'li Huawei Mate 10 Pro'ning Yevropadagi narxi - 699 yevro. Porsche dizaynidagi 256 GB versiyasi esa - 1395 yevroga baholanadi. Rossiyadagi riteyl manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, qurilma narxi 59 990 rublni tashkil qiladi. Bu Galaxy Note 8 (RRTs 69 990 rub.)dan arzonroq, lekin iPhone 8 (56 990 rub.)dan qimmatroqdir.
Suratlar manbasi:hi-tech.mail.ru