Sport | 15:48 / 18.10.2017
12566
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Foto: O‘FF matbuot xizmati

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi. O‘yin 14 noyabr kuni BAAda o‘tkaziladigan bo‘ldi. O‘FF matbuot xizmati o‘yin bo‘lib o‘tadigan joy va uning vaqti haqida keyinroq xabar berilishini ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolagan edi.

BAA va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi O‘FF va BAA Futbol uyushmalarining memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ikkinchi ish hisoblanadi. Bungacha O‘zbekiston Kubogining finalini boshqarish uchun BAAdan Muhammad Abdulla Hasan boshchiligidagi hakamlar brigadasi taklif qilingan edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid