Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-sonli «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan adliya vazirining 2017 yil 12 oktabrdagi buyrug‘i bilan yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvon-martaba darajalari berildi, deb xabar beradi adliya vazirligi matbuot xizmati KUN.UZ’ga.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining yuriskonsulti Gulzira Xojabayevna Kabulova, Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi mahkamasi Bektemir tumani obodonlashtirish boshqarmasi yuridik xizmati yuriskonsulti Jo‘ra Shukurovich Narzillayev, Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi Dexqonobod tuman Davlat soliq inspeksiyasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Marat Ergashevich Hayitov, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Toshkent» teleradiokanali davlat unitar korxonasi yuridik xizmati bosh yuriskonsulti Ma'murjon Yunusmetovich Haytmetov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi yuridik bo‘limi yetakchi yuriskonsulti Azim Karimovich Yakubovga «3-darajali yurist» maxsus unvon — martaba darajasi berildi.
Ushbu buyruqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar — martaba darajalari uchun 2017 yil oktabr oyidan boshlab qo‘shimcha haq to‘lab borishi lozimligi ham nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
20:50 / 07.08.2024
O‘zboshimcha egallangan yer qanday qonuniylashtiriladi? Yangi qonun bo‘yicha mutaxassis bilan suhbat
09:43 / 24.07.2024
Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda
18:02 / 11.07.2024