Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda
Tinch okeanida joriy mavsumda 21-sondagi to‘fon – "Lan to‘foni yaqin orada Yaponiyaning Dayto orollariga yaqinlashadi. Yaponiya meteorologik agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda "Lan" Filippin dengizida kuzatilib, Yaponiya tomon soatiga 15 km tezlik bilan yaqinlashmoqda.
Ob-havo mutaxassislari prognoziga ko‘ra, to‘fon yapon orollariga 22 oktabrga o‘tar kechasi yaqinlashadi va shundan keyin shu yo‘nalishda davom etib, bir necha kun ichida Sikoku oroli va Yaponiyaning markaziy tumanlari, jumladan Tokio joylashgan hududni qoplab oladi.
Ayni vaqtda to‘fon markazidagi shamol tezligi soniyasiga 50 metrni, kuchayganda 70 metrni tashkil qilmoqda. To‘fon markazidan 280 km radiusda shamol tezligi soniyasiga 25 metrni tashkil qilmoqda.
To‘fon kuchli yog‘ingarchilikka olib keladi. Bunga ko‘ra, Amami oroliga 22 oktabr ertalabga 250 mm yog‘ingarchilik tushadi, Tokay tumanida esa 23 oktabrga kelib bu ko‘rsatkich 500 mm ni tashkil qiladi. Bu esa ko‘chkilar va daryolar toshishiga olib kelishi mumkin. Ushbu holat Yaponiyaning ko‘plab hududlari aholisiga katta xavf soladi.
Mavzuga oid
10:04 / 10.05.2026
Yaponiya viza tartibini buzgan yana bir o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
16:11 / 02.05.2026
“Tasalli beruvchi ayollar” maskani - yapon harbiylari qancha qiz-ayolni jinsiy qullikka mahkum etgandi?
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026