Jahon | 22:47 / 23.10.2017
17324
2 daqiqa o‘qiladi

Jurnalist ayolga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs o‘z jinoyati sababini ma'lum qildi

Foto: Vitaliy Ruvinskiy/«Exo Moskvy»

"Exo Moskvy" jurnalisti Tatyana Felgengauerga jarohat yetkazgan shaxs Isroil va Rossiya fuqaroliklariga ega bo‘lgan. Bu haqda Rossiya tergov qo‘mitasining rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma'lum qildi. 

Jinoyatni sodir etgan 48 yoshli Boris Gritsning aytishicha, u Abxaziyada tug‘ilgan, Moskvada ta'lim olgan va 2003 yilda Isroilga ko‘chib ketib, Rossiyaga bir oygina oldin qaytib kelgan.

Foto: Vitaliy Ruvinskiy/«Exo Moskvy»

"So‘roq vaqtida erkak jabrlanuvchi bilan 5 yil davomida telepatiya yordamida muloqot qilgani, shu sababli unda ayolga nisbatan adovat avj olgani va aynan shu holat jinoyatni sodir etishga undaganini aytgan. Erkak so‘roq vaqtida Tatyana Felgengauerning kasbi bilan bog‘liq faoliyati yuzasidan e'tirozlar bildirmagan", deb aytildi tergov qo‘mitasida.

Foto: Vitaliy Ruvinskiy/«Exo Moskvy»

Erkakni psixiatrik ekspertizadan o‘tkazish buyurilgan. Shuningdek, unga nisbatan "O‘zganing hayotiga qasd qilish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

23 oktabrda ayblanuvchi "Exo Moskvy" radiostansiyasi tahririyatiga kirib, jonli efir vaqtida ayol jurnalistning bo‘yniga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jurnalist operatsiya qilingan va ayni damda sun'iy koma holatida qolmoqda. Uning ahvoli barqaror deya baholangan.

Foto: Vitaliy Ruvinskiy/«Exo Moskvy»

Mavzuga oid