Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyada dunyodagi eng innovatsion shahar yaratiladi - Neom
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol-Saud kelajakda qirollikda Neom (Neom) nomli innovatsion-savdo shahri yaratilishi rejasi haqida ma'lum qildi.
"Saudiya Arabistoni 2030 yilgacha taraqqiyot strategiyasi doirasida Neom nomli yangi avlod global shahrini yaratadi. U taraqqiyotlar kesishadigan global markazga aylanuvchi innovatsion xab bo‘lishi kutilmoqda", - deyiladi yangi loyiha taqdimotida. Mazkur loyiha Ar-Riyodda bo‘lib o‘tayotgan Future investment initiative forumida namoyish etildi.
Kelgusi avlodlar shahrining maydoni 26 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi, u mamlakat shimolida joylashgan bo‘ladi. Loyiha ishlab chiquvchilari g‘oyasiga ko‘ra, Neom arab mamlakatlari, Afrika, Osiyo, Yevropa va Amerikani iqtisodiy jihatdan bog‘lashi kerak.
Yangi shahar sarmoyachilarga 500 milliard dollardan ziyod daromad keltirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026