Jamiyat | 08:58 / 25.10.2017
21514
1 daqiqa o‘qiladi

200 dan ortiq ayol rejissyor Jyeyms Tobekni jinsiy shilqimlikda aybladi

Foto: Richard Shotwell/Invision/AP

200 dan ortiq ayol rejissyor Jyeyms Tobekni jinsiy shilqimlik qilishda aybladi, deb xabar bermoqda Los Angeles Times.

Avvalroq gazeta e'lon qilgan maqolada Tobekning shilqimligidan jabrlangan 38 shaxsdan xabarlar olgani haqida ma'lum qilgandi. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, rejissyor Manxetten ko‘chalari yoki jamoat joylarida ularning yoniga yaqinlashib, o‘zining yangi filmida rol taklif qilgan. Biroq kasting vaqtida qizlar jinsiy shilqimliklarga uchrashgan.

Nashrning bildirishicha, maqola e'lon qilinganidan keyin 200 dan ortiq ayol maktublar, telefon qo‘ng‘iroqlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar orqali Tobek tomonidan jinsiy shilqimliklarga uchrashgani haqida aytib berishgan.

Ta'kidlanishicha, Los-Anjyeles politsiyasi ham jinsiy ko‘rinishdagi jinoyatlar bo‘yicha tezkor bog‘lanish raqamlariga ko‘plab qo‘ng‘iroqlarni qabul qilib olgan. Yaqin orada huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari surishtiruv o‘tkazishmoqchi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish