Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Şuhrat Sirojiddinovning Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Özbek tili jonkuyarlari» guruhida murojaati e'lon qilindi.
«Hurmatli «Özbek tili jonkuyarlari» guruhi iştirokçilari! Mana, rosa bir yildan beri «Facebook» maydonida milliy tilimiz taqdiri bilan boğliq dolzarb muammolar böyiça fikr almaşib kelmoqdamiz.
Xabaringiz bor, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti oçilganda uning zimmasiga özbek tilining mukammal grammatikasini yaratiş böyiça asosli ilmiy taklif tayyorlaş vazifasi yuklatilgan edi. Uşbu masala ijrosi, birinçi navbatda, alifbo va imlo qoidalaridagi kamçiliklarni bartaraf etişni taqozo qilar edi.
Şu nuqtai nazardan universitetda işçi guruh tuzilib, unga Facebook tarmoğida «Özbek tili jonkuyarlari» guruhini oçiş va olimlar, keng jamoatçilik, ona tilimizning taqdiriga befarq bölmagan barça millatdoşlarimizning fikrlarini yiğiş va ilmiy tahlildan ötkazib boriş topşirilgan edi. Yana qaytaraman, bu işçi guruhning vazifasi xalqning fikrini örganiş, tahlil işlarini olib boriş va bahs-munozaralarda yetilib pişgan qaraşlar asosida tavsiyalarni işlab çiqişdan iborat.
Mana bir yildirki, bahs qizigandan qiziyapti. Kimdir şoşirayapti, kimdir şoşmaslikni, yana kimdir umuman bu mavzuni kötarmaslikni tavsiya etmoqda. Ayrimlar 1995 yil kiritilgan özgartirişlarni bekor qiliş kifoya, desa, boşqa bir guruh UNICODE orqali simvollar tizimiga «4 bahsli harf»ni kiritib, klaviatura muammosini yeçişni va bu mavzuni yopişni talab qilmoqda. Hozirça gap faqat alifbo ustida ketayapti. Imlo qoidalariga hali navbat yetgani yöq.
Fursatdan foydalanib, sizlarga bir iltimosim bor. Ötgan asrning 20-yillarida ham şunday masalalar kötarilib, «Çiğatoy gurungi» taşkil etilgan edi. Unda butun özbek ma'rifatparvarlari qatnaşib, ona tilimiz taqdiri bilan boğliq masalalarni bahs-munozaralarda tahlil qilişga harakat qilganlar. Facebook’dagi «Özbek tili jonkuyarlari» guruhi ham «Çiğatoy gurungi»ning zamonaviy şakli desak böladi. «FB»dagi ayrim «post»lar, guruh örtaga taşlayotgan masalalarga masxaraomuz munosabat bildiriş, bölar-bölmas «aljiraş»lar kişi ta'bini tirriq qilayapti. Iltimos, agar sizda asosli fikr bölmasa, bahsga qöşilmang, siyosiy masalani ermak deb bilmang.
Hurmatli «Özbek tili jonkuyarlari» guruhi iştirokçilari! Işçi guruh tomonidan e'lon qilingan tilşunoslarning eng dastlabki alifbo varianti bahslarni boşlaş uçun birinçi qadam edi. Ilk variant böyiça bildirilgan köpdan-köp tanqidiy fikrlardan taşqari, bir qança yangi variantlar ham tavsiya etildi.

















