Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik fermer dalada Shimoliy Koreya yetakchisining ulkan suratini yaratdi
Italiyalik fermer Dario Gambarin o‘zining traktorida Verona yaqinidagi dala maydonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 200 metrlik suratini yaratdi.
Gambarin surat yuqorisida ikkita raketani tasvirlagan, ostida esa ingliz tilida "Xavfli" degan yozuvni bitgan.
Surat maydoni 22 ming kvadrat metrni, uzunligi 250 metrni, eni esa 90 metrni tashkil qiladi. Ta'kidlanishicha, fermerga bu suratni yaratish uchun 5-6 soat vaqt kifoya qilgan.
"Kim Chen In katta xavfga ega yadroviy sinovlar o‘tkazadi. Yana Donald Tramp ham bor, u kuchli shaxs bo‘lgani sabab Kim Chen Inga bo‘sh kelgisi yo‘q. Biroq ular insoniyat yeri bilan o‘ynashishmoqda: biz yadro urushiga kirishimiz uchun bitta bomba kifoya qiladi", deb aytmoqda fermer.
Gambarin Gamburgda o‘tgan "Katta yigirmatalik" sammiti oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini yaratgandi. Umuman olganda, iste'dodli fermer bunday suratlari bilan bir necha yil avval tanilgan. Uning asarlari orasida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro, Rim papasi Frantsisk va boshqa mashhur odamlarning suratlari bor.
Mavzuga oid
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026