FIFA o‘rtoqlik o‘yinlaridan voz kechib, yangi ligani tashkil qilmoqda. G‘oyaning ma'nosi qanday?
FIFA tashkiloti muxlislarning terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinlariga bo‘lgan e'tiborini tiklashni rejalashtirmoqda. Ma'lumki, so‘nggi paytlarda ularga bo‘lgan qiziqish juda pasayib ketgan edi.
Terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinlaridagi yarim bo‘sh stadionlar faqat bizning futbolga xos emas. Bunday o‘yinlarga dunyo bo‘yicha qiziqish katta emas, muxlislarni faqat haqiqiy kurash ketadigan rasmiy o‘yinlar ko‘proq o‘ziga jalb qilyapti. Xalqaro futbol asta-sekinlik bilan o‘lib bormoqda.
FIFA bu borada o‘tkazgan tadqiqotlar natijasida salbiy xulosaga kelgan: terma jamoa o‘yinlariga bo‘lgan qiziqish keskin pasaygan. Prezident Janni Infantino esa vaziyatni o‘zgartirmoqchi.
Endi Xalqaro futbol federatsiyasi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘rniga Jahon Ligasini tashkil qilishni rejalashtiryapti.
G‘oya oddiy - Jahon ligasi o‘z ichiga barcha qit'a terma jamoalarini birlashtiradigan musobaqa bo‘ladi. U uchta divizionga ajratiladi. Jamoalar FIFA reytingidan kelib chiqqan holda, ligalarga taqsimlanadi. Musobaqa yil davomida o‘tkaziladi va 2019 yilda start oladi. Hozircha bular faqat loyiha. O‘yinlarning tashkil qilinishi va dunyoning barcha nuqtalari terma jamoalarining uzoq yo‘l xarajatlarini kim qoplashi haida hozircha hech qanday ma'lumot yo‘q.
FIFA bu borada UYeFA izidan borishni ko‘zlamoqda. Ma'lumki, sentabr oyida UYeFA Millatlar Ligasi musobaqasi reglamentini rasman tasdiqladi. Bu turnir terma jamoa o‘rtoqlik o‘yinlarini rasmiy o‘yinlar bilan almashtiradi va saviya jihatidan teng raqiblarga qarshi kurashish imkoniyatini beradi. Musobaqada tashkilotning barcha 55 a'zosi ishtirok etadi. Jamoalar FIFA reytingi asosida 4ta ligaga ajratiladi.
UYeFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, A va V Ligada 12ta terma jamoa, S Ligada 15 terma jamoa va D Ligada 16 terma jamoa ishtirok etadi.
A va B Ligalari 3ta jamoadan iborat 4 guruhga ajratiladi. A Ligasi guruh g‘oliblari 2019 yil iyunida final bosqichida ishtirok etadi. U yarimfinallar, uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yinidan iborat bo‘ladi.
V, S va D guruhlari g‘oliblari yuqori Ligaga yo‘llanma oladi. A, V va S Ligalarining eng yomon jamoalari quyi ligaga ravona bo‘ladi.
Yevropa terma jamoalari Millatlar Ligasida g‘alaba qozonish yoki yuqori divizionga yo‘l olish yoki o‘z divizionidagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashadi. Musobaqaga qur'a tashlash marosimi 2018 yil 24 yanvar kuni o‘tkaziladi.
Bu jahon chempionati va Yevro saralashiga ta'sir ko‘rsatadimi? Tizim nuqtai nazaridan olib qaralsa - yo‘q. Faqat o‘yinlarning o‘tkazilish sanasi o‘zgaradi xolos: musobaqa sentabrda emas, mart oyida boshlanadi.
Bundan tashqari, Millatlar Ligasida ishtirok etgan jamoalar Yevro-2020 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imokniyatiga ega bo‘ladi. 10ta guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan har bir terma jamoa Yevro-2020 final bosqichiga yo‘l oladi. Qolgan 4ta yo‘llanma 16 terma jamoa o‘rtasidagi pley-off bahslarida o‘ynaladi.
FIFA tomonidan tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan Jahon Ligasi jahon chempionati saralashiga ta'sir qiladimi yoki yo‘qmi, bu haqda xabar berilmadi. Millatlar Ligasidan kelib chiqqan holda, dunyo terma jamoalariga qandaydir yangi imkoniyatlar berilishi mumkin.
Mavzuga oid
15:16 / 18.07.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi, Ispaniya 3-o‘ringa ko‘tarildi
22:37 / 06.05.2024
FIFA futzal milliy jamoalarining reytingini yangiladi: O‘zbekiston jahonda 11-pog‘onaga ko‘tarildi
22:22 / 03.04.2024
FIFA futzal bo‘yicha JCh-2024 qur’a tashlash marosimini Samarqandda o‘tkazadi
21:10 / 23.02.2024