O‘zbekiston | 17:10 / 30.10.2017
12507
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda QMChdan foydalanish bo‘yicha zamonaviy klasterlar ishga tushdi

Foto: Ecoratex

O‘zbekistonning sakkizta hududida qattiq turdagi maishiy chiqindilar (QMCh) bilan ishlashning barcha jarayoni, jumladan ularni yig‘ish, saqlash, tashish, foydalanish va qayta ishlash jarayonlarini qamrab olgan zamonaviy klasterlar ishga tushirildi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev joriy yilning aprel oyida mamlakatda sanitar-ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta'sirini kamaytirish, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan “2017-2021 yillarda chiqindilarni boshqarish tizimini tubdan yaxshilash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. 

Xususan, hujjatda QMCh foydalanish va qayta ishlash tizimini tijorat banklari hamda tadbirkorlarning mablag‘laridan imtiyozli kreditlar hisobidan qayta ishlash jarayoniga texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu qaror respublika hududlarida zamonaviy texnologiyalar asosida QMChdan foydalanish va ularni qayta ishlash to‘liq tizimini yaratish imkonini berdi, u QMCh yig‘ishni tashkillashtirish, saralash, tashish, shuningdek, sanitar qoidalar, normalar va gigiyenik normativlar, ekologik talablarga mos ravishda organik o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ta'minlaydi.

Natijada respublika bo‘ylab QMChni markazlashgan holda olib ketish bo‘yicha aholini qamrab olish ko‘rsatkichi 2017 yildagi 63 foizdan 2021 yilga kelib 93 foizga qadar o‘sadi.

Manba: Milliy bank

Mavzuga oid