Italiyaning Trevizo provinsiyasida yaşovçi keksa ayolning uyidagi farroş 50 ming yevrolik naqd pul va zargarlik buyumlari saqlanadigan eski töşakni tasodifan çiqindiga taşlab yubordi. Bu haqda Tribuna di Treviso naşri xabar bermoqda.

Ayol uyni tozalaş paytida ombordagi eski töşakni topib olgan, içidagi narsalardan bexabar holda, uni katta hajmli çiqindilarni qabul qiliş punktiga olib borgan. Bir neça soatdan söng uy egasining qizi töşak yöqolganini payqab, darhol politsiyaga murojaat qilgan.

Montebelluna şaharçasida eski töşakni topiş uçun fuqaro mudofaasi köngillilari va çiqindilarni utilizatsiya qiliş xizmati xodimlari jalb etildi. Köp ötmay, buyum yirik çiqindilar uçun möljallangan axlat konteyneridan topildi.

Naşr ma’lumotlariga köra, barça naqd pullar, taqinçoqlar va kredit kartalari egalariga qaytarildi. Oila tezkor yordam uçun karabinyorlar va köngillilarga öz minnatdorligini bildirdi.

Avvalroq Italiyadagi körgazmada 57 yoşli erkak xitoylik haykaltaroşning san’at asarini qasddan sindirgan edi. U qölga olingan.