KXDRdan uçirilgan çiqindi şarlaridan biri Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi prezidentlik majmuasi ustida havoda yorilib ketdi.

Yonhap agentligining Janubiy Koreya armiyasiga tayanib xabar berişiça, KXDRdan yana çiqindi şarlar uçirilgan.

Öz navbatida, Janubiy Koreya prezidentining Xavfsizlik xizmati Şimoliy Koreyadan uçirilgan havo şarlaridan biri Janubiy Koreya prezidenti majmuasi ustidan yorilib ketgani, havo şarining qoldiqlari esa binoga tuşgani haqida xabar bergan.

Xabar qilinişiça, çiqindi Janubiy Koreya Boş ştabi (JCS) boşçiligida yiğilgan va unda xavfli moddalar bölmagan.

Ikki Koreya örtasidagi taranglik bir neça oydan beri davom etmoqda.