Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:42 / 31.10.2017
21933
1 daqiqa o‘qiladi
«Real» Neymarning otasi bilan muzokara o‘tkazmoqda
Foto: Goal.com
«PSJ» hujumchisi Neymar Ispaniyaga qaytishi mumkin.
Avvalroq, braziliyalik futbolchiga Parijdagi hayot yoqmayotgani va yana Primerani qo‘msab qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Don Balon xabariga ko‘ra, futbolchiga «Real» klubi da'vogarlik qilmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres uning otasi bilan bog‘lanib, muzokara o‘tkazyapti. «Real» Neymarga «PSJ»da qolish yoki qolmaslik to‘g‘risida bir qarorga kelish uchun muxlat bergan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar «Barselona»dan «PSJ» klubiga 222 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish