Bu Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «Özbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi farmonida közda tutilgan, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Eslatib ötamiz, muqaddam belgilangan narxlar böyiça sotiladigan ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiy mahsulotlar importi Taşqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy ulgurji va ulgurji-çakana savdo kompaniyalari örtasida Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan aniqlanadigan kvotalar çegarasida ötkaziladigan tender böyiça amalga oşirilar edi.
Endi tender örniga Taşqi savdo vazirligi har çorakda faqat jahon narxlari kon'yunkturasi tahlilini ötkazadi va maxsus Respublika komissiyasiga ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiyot buyumlarining oxirgi yöl qöyiladigan import şartnoma qiymati böyiça takliflar kiritadi.
Takliflarni taşqi savdo, iqtisodiyot, moliya, soğliqni saqlaş vazirliklari hamda MB va Davlat raqobat qömitasining vakillaridan iborat Işçi guruh körib çiqadi. Işçi guruh hisob-kitobi asosida Respublika komissiyasi import şartnomalari böyiça oxirgi yöl qöyiladigan qiymatlarni belgilaydi.
Bundan yuqori bölgan narxlarda tovarni yetkazib beriş böyiça import şartnomalari tuziş taqiqlanadi.
Bundan taşqari, mazkur toifadagi tovarlarni faqat mahalliy ulgurji va ulgurji-çakana savdo kompaniyalari tomonidan import yetkazib berilişi töğrisidagi talablar hamda Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan kvotalaş mumkin emas.
Bunda dorixonalarda narx belgilaş ustidan nazorat Soğliqni saqlaş vazirligining Nazorat inspeksiyasidan soğliqni saqlaş boşqarmalarining hududiy organlariga topşirilgan.
Ma'lumot uçun: Röyxatga kiritilgan import qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlari avvalgidek, ixtisoslaştirilgan ulgurji taşkilotlar va dorixonalar tomonidan belgilangan ulgurdi va çakana narxlarda sotiladi. Uşbu narxlar quyidagi formulalar böyiça aniqlanadi:
Un = S x 1,15, bu yerda:
• Un – ulgurji narx;
• S – sotiş narxi;
• 1,15 – ulgurji savdo ustama narxining oxirgi yöl qöyiladigan qiymatini inobatga oluvçi koeffitsiyent.
R = S x 1,15 x 1,2, bu yerda:












