Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda Turkiyaga qarashli yuk kemasi cho‘kib ketdi, qurbonlar bor
Foto: IHA
Turkiyaga qarashli Bilal Bal yuk kemasi Qora dengizning Turkiyaga qarashli sohillarida, Shile shahri yaqinida cho‘kib ketdi. Bu haqda "Sabax" nashri xabar bermoqda.
Turkiyaning Marmar dengizidagi Gemlik portidan Qora dengizdagi Erigli portiga temir rudasi olib ketayotgan yuk kemasida 13 kishilik ekipaj bo‘lgan. Ularning barchasi Turkiya fuqarolari bo‘lgan.
Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshlagan. Operatsiya davomida dastlab bo‘sh qayiqlar va qutqaruv jiletlari, keyin esa 4 nafar dengizchining jasadi aniqlangan.
Kema 1974 yilda qurilgan bo‘lgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026