Qozog‘istondagi eng baland va eng past maoshlar miqdori e'lon qilindi
Qozog‘iston Respublikasidagi eng baland va past maoshlar haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqida Milliy iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, Tengrinews.kz xabar bermoqda.
2017 yilning III choragida bir xodimning o‘rtacha oylik nominal ish haqi 147988 tangani tashkil etgan, nominal ish haqi indeksi o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 104,8 foizni tashkil etgan, real holat esa — 98 foizni (statistikaga ishbilarmonlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar kirmaydi).
«Sohaviy tuzilmada eng yuqori maoshlar moliya va sug‘urta faoliyatida kuzatilgan — 272,8 ming tanga (respublika o‘rtacha darajasidan 1,8 martaga ko‘p), kasbiy, ilmiy va texnika sohasida — 271,1 ming (1,8 barobar ko‘p), axborot va aloqa sohasida — 215,7 ming (1,5 marta), sanoat sohasida — 208,5 ming tanga (1,4 marta), qurilish sohasida — 205,9 ming tanga (1,4 marta). Nominal ish haqining eng past darajasi ta'lim sohasida qayd etilgan — 90,4 ming tanga, bu respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 38,9 foizga kamdir», — deyiladi Qozog‘iston milliy iqtisodiyot vazirligi ma'lumotida.
Idoraning ma'lumotiga ko‘ra, hududiy kesimda eng yuqori maoshlar Atirau oblastida to‘lanar ekan — 257,9 ming tanga va bu respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan 1,9 martaga ko‘p. Jambul oblastida uning miqdori 98,1 ming tangani tashkil etgan va bu mamlakat bo‘ylab o‘rtacha darajadan 33,7 foizga kam.
Bundan tashqari, xalqaro standartlarga mos ravishda bir xodimning o‘rtacha ish haqi qo‘shimcha to‘lovlar, qo‘shimchalar, mukofotlar, shuningdek, soliqlar va boshqa ajratmalar (daromad solig‘i, majburiy pensiya vznoslari) ni hisobga olib shakllantiriladi.
Mavzuga oid
16:31 / 14.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024