«Real»ning «Uembli»dagi debyuti. YeChL oqshomidagi asosiy intrigalar
Bugun, 1 noyabr oqshomida YeChL guruh bosqichida 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Ikki hafta oldin ham o‘zaro o‘ynagan jamoalar ikkinchi davrada yana bir-birlariga raqib va endi o‘tgan turda mag‘lub bo‘lgan jamoalarda revansh olish imkoniyati mavjud. «Tribuna» chorshanba oqshomidagi asosiy uchrashuvlar anonsini keltiradi.
«Real»ning afsonaviy «Uembli»ga tashrifi qanday kechadi?
H guruhi
TOTTeNHEM – ReAL
London. «Uembli» stadioni. 00.45 (Match! Futbol 1).
BORUSSIYa – APOEL
Dortmund. «Signal Iduna Park» stadioni. 00.45 (Match! Igra).
H kvartetida inglizlar va ispanlar «Borussiya» va APOELni 6 ochkoga ortda qoldirgan holda ishonch bilan yetakchilik qilishmoqda. Bu esa bugungi uchrashuv g‘olibini o‘z-o‘zidan 1/8 final ishtirokchisiga aylantiradi. O‘yin oldidan imkoniyatlar teng, ammo statistik raqamlar «shporlar»ga qarshi – jamoalar shu vaqtgacha 5 marta uchrashgan, «Tottenhem» biron marta g‘alaba qozona olmagan (3 mag‘lubiyat, 2 durang), Rafael Varanning o‘tgan o‘yindagi avtogoli londonliklar jamoasining «Real»ga qarshi o‘yinlardagi 450 daqiqa davomida urgan yagona goli bo‘lib turibdi.
Jamoalar teng ketmoqda, ular raqiblarini bir xil hisoblarda yengishgan (APOELga qarshi o‘yinlar 3:0, «Borussiya»ga qarshi o‘yinlar esa 3:1 hisoblarida yakunlangan). Natijada, jamoalarda to‘plar nisbati ham bir xil (o‘zaro uchrashuvda 1:1 hisobi). Ular ichki chempionatlardagi oxirgi uchrashuvlarda mag‘lubiyatga uchragani bilan ham o‘xshash: «Tottenhem» yakshanba kuni «MYu»ga qarshi safar o‘yinida yutqazdi (0:1), «Real» – «Jirona» maydonidan mag‘lubiyat bilan qaytdi (1:2). Dele Allining YeChLdagi 3 o‘yindan iborat diskvalifikatsiyasi yakunlangan, Manchesterdagi o‘yinni jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Harri Keyn ham safga qaytdi. Bu esa bugun haqiqiy futbol bayrami o‘tkazilishi uchun yetarli sharoit yaratadi. Atmosfera shunga mos: afsonaviy «Real» 115 yillik tarixida ilk marta afsonaviy «Uembli»da maydonga tushadi.
Zidan bu o‘yinga Garet Beyl, Rafael Varan va Keylor Navasni olib ketmadi. Ularning barchasi jarohatlangan.
«Beshiktosh» nihoyat Chempionlar ligasi pley-offida o‘ynaydimi?
G guruhi
BeShIKTOSh – MONAKO
Istanbul. «Vodafon Arena» stadioni. 22.00 (Match TV).
PORTU – RB LeYPTsIG
Portu. «Dragau» stadioni. 00.45
Turkiya chempionlari – 3 turdan keyin maksimal 9 ochko jamg‘argan 5 jamoadan biri bo‘lib turibdi. «Beshiktosh» bugun g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk marta Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqishi mumkin. Turklarni monegasklarga qarshi o‘yinda durang natija ham qoniqtirishi mumkin, buning uchun guruhdagi parallel uchrashuvda «RB Leyptsig» «Portu»ni mag‘lub etishi kerak bo‘ladi.
Statistika «Monako» foydasiga emas – Turkiya chempioni hech qachon o‘z uyida fransuz jamoalariga yutqazmagan (3 g‘alaba, 1 durang), jamoaning Chempionlar ligasida uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasi 11taga yetgan (5 g‘alaba, 6 durang), Turkiya chempionatida esa «Beshiktosh» o‘z maydonida oxirgi marta qariyb 2 yil oldin – 2015 yilning 29 noyabrida yutqazgan (O‘shanda «Akxisar Belediye»ga qarshi o‘yin 0:2 hisobida yakunlangan). O‘tgan mavsumda yarim finalgacha yetib borgan monegasklar YeChLning joriy mavsumini juda yomon boshladi, shunga qaramasdan guruhdan chiqish uchun imkoniyat saqlab qolmoqda, ammo bugun Istanbulda g‘alaba qozonilmasa, bu umid so‘nadi. Qolaversa, bu o‘yinda jamoa yetakchisi Radamel Falkao jarohat tufayli ishtirok etmaydi.
Neapoldagi o‘yin tinch o‘tadimi?
F guruhi
NAPOLI – MANCheSTeR SITI
Neapol. «San Paolo» stadioni. 00.45 (Match! Futbol 2).
ShAXTeR – FeYYeNOORD
Xarkov. «Metallist» stadioni. 00.45 (Match! Nash sport).
Neapolga kelib, o‘z jamoasini «San Paolo» stadionida qo‘llab-quvvatlashga tayyorlanayotgan angliyalik fanatlar xuddi mahalliy tiffozilar kabi stadionga kamarlarsiz kiritiladi. Bunga ikki hafta burun o‘tgan o‘yin vaqtida «shaharliklar» va «Neapol» muxlislari o‘rtasida ro‘y bergan janjal sabab. O‘shanda bir necha kishi jarohatlangandi, natijada italiyalik tiffozi, 25 yoshli Janluka del Prato bir necha oyga qamaldi.
«Manchester Siti» bugungi o‘yinda g‘alaba qozonsa, qatorasiga beshinchi marta guruhdan chiqishi mumkin. «Napoli» kurashni davom ettirishi uchun faqat g‘alaba kerak. Lekin oktabr oyini o‘ta ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan Gvardiola jamoasi noyabrda ham shu ruhda davom etishga tayyor. Jamoa o‘tgan oyda yuz foizlik natijaga erishdi: 5 o‘yin, 5 g‘alaba, to‘plar nisbati: 15-5.
«Liverpul» bu safar «Maribor»ga nechta gol uradi?
E guruhi
LIVeRPUL – MARIBOR
Liverpul. «Enfild» stadioni. 00.45 (Match! Arena).
SeVILYa – SPARTAK
Sevilya. Ramon Sanches Pisxuan stadioni.00.45 (Match TV ).
«Liverpul» Angliya premer-ligasida yaxshi ishtirok eta olmayapti, oxirgi 7 o‘yinda faqat 2 g‘alabaga erishildi. Bu aybni yuvish uchun jamoa Chempionlar ligasida yaxshiroq harakat qilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun «Maribor» juda mos raqib. Ikki hafta muqaddam «qizillar» Sloveniyada 7:0 hisobida g‘alaba qozonib, turnir tarixida safarda qayd etilgan eng yirik g‘alaba rekordini takrorlagandi, jamoa uy o‘yinlaridagi rekordga egalik qiladi (2007-08 yilgi mavsumda «Liverpul» «Beshiktosh»ni 8:0 hisobida yenggandi).
Guruhdagi yana bir uchrashuvda Moskvaning «Spartak» klubi Ispaniyaga safar qiladi. Ruslar ikki hafta muqaddam Moskvada 5:1 hisobida mag‘lub etilgan «Sevilya» mehmoni bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:01 / 10.11.2024
Vinida yana het-trik, lekin Madridda dahshatli muammolar
00:08 / 07.11.2024
«Real» o‘z yo‘liga tushib olishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan 6 masala
13:17 / 06.11.2024
YChLda sensatsiyalar kuni. «Real» va «Siti» yutqazdi
12:52 / 27.10.2024