WhatsApp xabarlarni o‘chirish funksiyasini ishga tushirdi
O‘tgan hafta WhatsApp begona qurilmalardan xabarlarni o‘chirish funksiyasini ishga tushirgani haqida ma'lum qilingandi. Yangi funksiya barcha foydalanuvchilar uchun barcha qurilmalardagi xabarlarni o‘chirish imkonini beradi: u nafaqat sizning messenjeringizdan, balki xabarni oluvchining qurilmasidan ham o‘chadi. Bundan avval mazkur funksiya messenjerning faqat eng oxirgi beta-versiyasida ishlardi, endi esa barcha platformalardagi barcha foydalanuvchilar shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi. Hi-Tech shu haqida ma'lum qildi.
WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi o‘z blogida optsiyaning to‘laqonli ishga tushishi haqida e'lon qildi: u butun dunyodagi foydalanuvchilarda yangilanish jarayonini ishga tushirdi. "Endi iPhone, Android, Windows Phone, shuningdek PKdagi WhatsApp'ning so‘nggi versiyasida barcha qurilmalardan xabarlarni o‘chirish imkoni mavjud", - deyiladi xabarda.
Xabarni o‘chirish uchun uni tanlab, menyudagi urna belgisini bosish kerak. Shundan so‘ng ekranda xabarni faqat "mendan" yoki "hammadan" o‘chirish kerakligi so‘raladi. Xabarni oluvchi "Bu xabar o‘chirildi" degan yozuvni ko‘radi. Biroq 7 daqiqadan ortiq yo‘llangan xabar tanlansa, bunday yozuv chiqmaydi.
Darhaqiqat, siz xabarlarni faqat 7 daqiqa ichida o‘chirishingiz mumkin. Shunday ekan, shoshilmasangiz, "poyezd ketib qoladi". Hozircha o‘chirganlik haqida hisobot yetkazish ko‘zda tutilmagan, shu bois jarayonning muvaffaqiyatli o‘tgan yo o‘tmaganiga ishonch hosil qilib bo‘lmaydi.
Mavzuga oid
10:21 / 04.04.2024
WhatsApp messenjeri global uzilishdan so‘ng o‘z faoliyatini qayta tikladi
23:05 / 13.09.2023
WhatsApp kanal yaratish funksiyasini ishga tushirganini e’lon qildi
17:51 / 23.03.2023
WhatsApp Windows uchun yangi ilovani taqdim etdi
22:10 / 28.12.2022