Jahon | 23:40 / 02.11.2017
10542
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya sudi Puchdemon va uning qo‘l ostidagilarni hibsga olishga order berdi

Foto:RIA Novosti / Djordi Boyshareu

Ispaniya milliy sud palatasi sudyasi hozirda Belgiyada bo‘lgan Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon va muxtoriyat jyeneralitetining qolgan maslahatchilarini hibsga olishga order berdi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar bermoqda

Shuningdek, Kataloniya jyeneralitetining 8 nafar sobiq a'zosi, jumladan Puchdemonning o‘rinbosari Oriol Junkeras hibsga olingan. Ular ish ko‘rib chiqilgunga hibsda qoladi.

Faqatgina mustaqillik e'lon qilinishi arafasida iste'foga chiqqan, tadbirkorlik ishlari bo‘yicha sobiq maslahatchi Santi Vila 50 ming yevro miqdorida garov puli evaziga ozodlikda qolishi mumkin.

Madriddagi milliy sud palatasida jyeneralitetning ba'zi a'zolari ko‘rsatmalar berganlar. Kataloniyaning sobiq 14 rahbaridan sudga 9 nafari kelgan. Puchdemon va yana 4 sobiq vazir sudga kelishdan bosh tortishgan. Ular hozirda Bryusselda qolmoqdalar.

Puchdemondan tashqari sudga jyeneralitning sobiq sog‘liqni saqlash maslahatchisi Toni Komin, madaniyat bo‘yicha maslahatchi Luis Puch, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha sobiq maslahatchi Merichel Serret va ta'lim bo‘yicha sobiq maslahatchi Klara Ponsanti kelmaganlar. Komin va Serret ko‘rsatmalarni  videoaloqa orqali berishni iltimos qilishgan.

Oliy sudga Kataloniya parlamenti spikeri Karme Forkadel va parlament prezidiumining 5 nafar sobiq a'zosi ko‘rsatmalar berishga kelishgan. Ular mustaqillik rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlashgan. Ularga nisbatan isyon ko‘tarish va davlat mablag‘larini suiste'mol qilish ayblovlari qo‘yilmoqda. Isyonni tashkillashtirish ayblovi uchun beriladigan maksimal jazo esa 30 yilni tashkil qiladi. 

Mavzuga oid