Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:23 / 04.11.2017
6371
1 daqiqa o‘qiladi
«Seltik» Britaniya rekordini yangiladi
«Seltik» Shotlandiya chempionatining 13-turida, safarda «Sent-Jonston» klubini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada, «keltlar» o‘z mamlakati doirasida, qatorasiga 63 o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmay, Britaniya rekordini yangiladi.
Oldingi rekord ham «Seltik»ka tegishli bo‘lib, 1915 - 1917 yillarda o‘rnatilgan va 62 o‘yinga teng edi.
Ayni paytda «Seltik» 12 o‘yinda 30 ochko jamg‘arib, Shotlandiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish