Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAga olib ketiladigan futbolchilar ro‘yxati e'lon qilindi. Ro‘yxatda Sergeyev va Lobanov yo‘q
14 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi BAA terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Ro‘ziqul Berdiyev BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga ayni paytda o‘z pozitsiyalarida yurtimizda eng kuchli bo‘lib turgan 23 nafar futbolchini jalb qildi.
Qayd etish joizki, BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida bosh murabbiy legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosan yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan.
BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga taklif qilingan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Sanjar Quvvatov (“Nasaf”), Javohir Ilyosov (“Mash'al”);
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Sherzod A'zamov (“Paxtakor”), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Farrux Sayfiyev (“Nasaf”), Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”), Akromjon Komilov (“Bunyodkor”), Shuhrat Muhammadiyev (“Lokomotiv”);
Yarimhimoyachilar: Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Odiljon Hamrobekov (“Nasaf”), Jasur Yaxshiboyev (“Paxtakor”), Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”), Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912”), Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”), Azizbek Turg‘unboyev (“Navbahor”), Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”), Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”);
Hujumchilar: Marat Bikmayev (“Lokomotiv”), Ivan Nagayev (“Buxoro”).
Eslatib o‘tamiz, BAA milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 14 noyabr kuni Al-Ayn shahridagi “Xalifa Bin Zayd” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
12:36 / 19.08.2020
O‘zbekiston - Eron o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshqa sanaga ko‘chirildi
12:19 / 24.06.2020
O‘zbekiston milliy jamoasi Tojikiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
16:56 / 11.06.2020
FIFA yangi reytingi e'lon qilindi: O‘zbekiston o‘rnida qoldi
19:58 / 23.02.2020